Taşqi mehnat migratsiyasi agentligi xabariga köra, agentlikning Rossiyadagi vakillari hududlaridagi turli korxonalarda bölib, iş beruvçilar va mehnat migrantlari bilan uçraşuvlar ötkazdi. Xususan, Permdagi “Trek”, “Limakmaraşstroy”, Tuladagi “Volovskiy broyler”, Yekaterinburgdagi “Progress”, Blagoveşenskdagi “Asfalt” va Volgograd korxonalarda işlayotgan yurtdoşlar va ularning iş beruvçilari bilan uçraşuv taşkil etildi.

Mamlakatning Rossiyadagi favqulodda va muxtor elçisi B.Asadov boşçiligidagi delegatsiya Perm şahrida tahsil olayotgan talabalar hamda oliy ta’lim sohasi rahbarlari bilan uçraşuvlar ötkazdi.

Amur viloyati savdo-sanoat palatasi prezidenti bilan uçraşuv bölib ötdi. Uçraşuvda Savdo-sanoat palatasining taşkil etilganiga 30 yil tölişi munosabati bilan Agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi nomidan tabrik xati yetkazildi va palataga a’zo korxonalarga Özbekiston fuqarolarini taşkiliy tarzda işga jalb qiliş istiqbollari muhokama qilindi.

Şuningdek, mamlakatning Rossiya Federatsiyasidagi boş konsuli Perm ölkasidagi köp tarmoqli migratsiya markazida bölib, Özbekiston fuqarolarining mazkur hududda yaşaşi va iş bilan ta’minlanişiga boğliq masalalar muhokama qilindi.

Krasnoyarskdagi “Esta Konstrakşen” korxonasida işlayotgan 18 nafar yurtdoşning tölanmay kelinayotgan 1 million 660 ming rubldan ortiq miqdoridagi iş haqi iş beruvçidan undirib berildi.

Nijniy Novgorodda qiyin ahvolda qolgan fuqaro Nijniy Novgorod – Taşkent yönalişidagi aviareys orqali vatanga qaytarildi.