Böstonliq tumanida Trailblazer avtomobili iştirokida yöl-transport hodisasi sodir böldi.

Joriy yilning 21 aprel kuni soat taxminan 17:00 larda Toşkent viloyati Böstonliq tumani Sijjak qişloği yaqinida yöl-transport hodisasi qayd etildi.

Toşkent viloyati YHXB xabariga köra, Sijjak yaqinidagi toğli hududning avtomobil uçun möljallanmagan qismida harakatlangan haydovçi, 1984 yilda tuğilgan Toşkent şahrida istiqomat qiluvçi M.F. Trailblazer transport vositasida özining ehtiyotsizligi va yölni torligini inobatga olmagani sababli ağdarilib ketgan.

Uşbu hodisa oqibatida haydovçi tuman markaziy şifoxonasiga olib borilib, birinçi tez tibbiy yordam körsatilgan.

Hozirda holat yuzasidan Böstonliq tumani IIB YHXB tomonidan suriştiruv işlari olib borilmoqda.