AQŞ Pekinning Rossiya harbiy işlab çiqarişini qöllab-quvvatlaşini çeklaş maqsadida ba’zi Xitoy banklarini jahon moliya tizimidan uzib qöyişi mumkin bölgan sanksiyalarni işlab çiqmoqda. Bu haqda 22 aprel, duşanba kuni manbalarga tayanib, The Wall Street Journal naşri xabar berdi.
AQŞ rasmiylarining aytişiça, agar diplomatik sa’y-harakatlar bilan ham Xitoyni Rossiyaga ikki maqsadli va harbiy mahsulotlar eksportini çeklaşga köndira olinmasa, Xitoy banklariga qarşi sanksiyalar joriy etiş masalasi körib çiqilmoqda. Xitoy banklarini dollardan foydalaniş huquqidan mahrum qiliş oxirgi çora deb atalyapti, çunki bunday sanksiyalar köpinça kredit taşkilotlarining bankrotligiga olib keladi, deb ta’kidlaydi WSJ. Naşrning davom etişiça, bu çora Xitoy uçun iqtisodiy tiklanişning sekinlaşişi va qarzning ösişi şaroitida alohida xavf tuğdiradi.
Mart oyida Xitoy, Birlaşgan Arab Amirliklari va Turkiyadagi bir qator banklar sanksiyalarga rioya qiliş talablarini kuçaytirdi, bu Moskvaga pul ötkazmalarining keçikişi yoki rad etilişiga olib keldi, deya xabar beradi Reuters. Bu şuni körsatadiki, AQŞ çeklovlari kuçli yon ta’sirga ega bölişi mumkin, deya ta’kidlaydi agentlik.
AQŞning Xitoyga qarşi ayblovlari
Avvalroq, şu hafta Xitoyga uç kunlik taşrif bilan keladigan AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken Pekinni Rossiya mudofaa sanoatini qöllab-quvvatlayotganlikda ayblagan edi. Blinkenning fikriça, Xitoy muhim qurol komponentlarini yetkazib beriş orqali Kremlni qöllab-quvvatlaşga katta hissa qöşgan.
Xitoy Taşqi işlar vazirligi matbuot kotibi Van Venbinning aytişiça, Xitoy AQŞning Rossiya bilan normal savdo munosabatlariga oid «asossiz ayblovlariga qat’iy qarşi». «Biz Amerika tomonining özi olovga moy sepib, lekin Xitoy tomonini ayblaganida ikkiyuzlamaçilikka qarşi çiqamiz. Xitoyning boşqa davlatlar, jumladan, Rossiya bilan normal iqtisodiy va savdo almaşiş huquqi daxlsizdir», dedi diplomat.













