Moskvadagi ikkinçi Ğarbiy okrug harbiy sudi Amerikaning Meta korporatsiyasi matbuot kotibi Endi Stounni internetda terrorizmni omma oldida oqlaş moddasi böyiça aybdor deb topib, olti yilga umumiy rejimdagi koloniyaga sirtdan hukm qildi. Bu haqda 22 aprel, duşanba kuni Rossiya axborot agentliklari yozgan.

Ma’lum qilinişiça, Stounning jazo muddati u Rossiya Federatsiyasi hududida qölga olingan yoki Rossiyaga ekstraditsiya qilingan paytdan boşlab hisoblanişi kerak. Rossiya tomoni bunga qanday erişmoqçi ekanligi aniqlaştirilmagan. Sud qamoq jazosidan taşqari, amerikalikka tört yil davomida internet-resurslarni boşqarişni taqiqladi. 

Ayblov Stounni yetti yilga qattiq rejimli koloniyaga hukm qilişni söragan. Bu - uşbu moddaga köra maksimal jazo. Himoya tomoni hukm ustidan şikoyat qilişni rejalaştirmoqda. 

Endi Stoun Rossiyada qidiruvga berilgan

2023 yil noyabr oyida Rossiya Içki işlar vazirligi Endi Stounni federal qidiruvga bergani ma’lum böldi. Öşanda «Mediazona» 2023 yilning fevralida Içki işlar vazirligi qidiruv bazasida Stoun nomi yozilgan karta paydo bölganini va noyabr oyida Rossiya sudlaridan biri uni terrorizmni tarğib qiliş moddasi böyiça sirtdan hibsga olişga qaror qilganini ta’kidladi. 

Xuddi şu moddaga köra, Rossiya Tergov qömitasi 2022 yil mart oyida kompaniyaning Facebook va Instagram’da ukrainalik foydalanuvçilarni «bosqinçilar ölimi»ga çaqiruvçi postlari uçun bloklamagani sababli Meta’ga nisbatan jinoiy iş qözğatgan. Meta matbuot kotibi sifatida Stoun qarorni e’lon qilgan edi. 

Öşa oyda Rossiya rasmiylari Meta’ga tegişli Facebook va Instagram’ni bloklab, kompaniyani «ekstremistik» taşkilot deb e’lon qildi. 2024 yil fevral oyida Moskvaning Basmanniy tuman sudi Stounni ikki oyga sirtdan hibsga oldi. Şu bilan birga, Rosfinmonitoring uni «ekstremistlar va terrorçilar» röyxatiga kiritdi.