Rossiya Federatsiyasida inson huquqlari böyiça vakolatli vakil Tatyana Moskalkova Boş prokuraturadan umrbod qamoq jazosiga hukm qilingan mahbuslar saqlanadigan Orenburg viloyatidagi 6-sonli axloq tuzatiş koloniyasida mahkumlarning qiynoqlarga solingani haqidagi xabarlarni tekşirişni söradi. 22 aprel, duşanba kuni u «vaziyatni alohida nazoratga olganini» aytdi.
«Men Orenburg viloyatidagi «Qora delfin» nomi bilan maşhur bölgan 6-sonli jazoni ijro etiş koloniyasi mahkumlari huquqlarini himoya qiliş maqsadida axloq tuzatiş muassasasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari töğrisida murojaat oldim», — deb yozadi u Telegram’da.
Orenburg koloniyasida mahbuslarni qiynoqqa soliş
Avvalroq, Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi Inson huquqlari böyiça kengaş (IHK) a’zosi Yeva Merkaçeva «Qora delfin» koloniyasida umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar bilan boğliq vaziyat haqida töxtalib ötgan edi. Uning sözlariga köra, ular «kiçik xatolik, jumladan işlab çiqariş rejasi me’yorlariga rioya qilmagani uçun muntazam ravişda jismoniy jazoga tortiladi».
«Qiynoq şakllaridan biri bu - «qaldirğoç» holatida (odam orqasiga kişan boğlangan holda osilib turişi) bir neça soat turiş talabi. Şikoyat qilganlar battar kaltaklanadi yoki elektr toki turli a’zolariga ulab qöyiladi», deb yozadi u «Moskovskiy komsomolets» uçun maqolasida.
Merkaçevaning sözlariga köra, u bu ma’lumotni 2024 yilda kaltaklangan mahkumlar haqidagi murojaatida olgan. Huquq himoyaçisi tegişli sörovlarni Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasi va prokuraturasiga, şuningdek, inson huquqlari böyiça vakilga yuborgan.













