Germaniya va Ispaniyada narkojinoyatçilik va pul yuvişga qarşi keng kölamli reyd doirasida beş kişi qölga olindi. Bu haqda 23 aprel, seşanba kuni Germaniya Federal jinoyat boşqarmasi (BKA) ma’lum qildi.
Germaniyada ikki kişi uşlandi. Umuman olganda, xavfsizlik kuçlari 21 kişini jinoiy taşkilot yaratiş va marixuananing noqonuniy savdosida gumon qilmoqda. Tergov ma’lumotlariga köra, gumonlanuvçilar sönggi tört yil davomida Ispaniyadan Germaniyaga yuzlab kilogramm naşa yetkazib berib, millionlab yevro işlab topgan.
Öz faoliyati davomida jinoiy guruhlar muntazam ravişda özaro qarama-qarşi guruhlar bilan töqnaşgan, ular öt qöyiş, qotillikka uriniş, hujumlar va odam öğirlaş bilan yakunlangan. Bundan taşqari, gumonlanuvçilar guvohlarni qörqitiş bilan şuğullangan, deya xabar beradi tergovçilar.
Xavfsizlik kuçlari önlab manzillarda tintuv ötkazdi
Tergov jinoiy faoliyatga aloqador şaxslarni 2023 yilning may oyidan beri aniqlab kelgan. Öşanda Ispaniya va Fransiya çegarasida bojxona körigidan ötkazilganda avtomobil içidan 380 ming yevro naqd pul topilgan. Bu iz huquq-tartibot idoralarini Visbadendagi guruhga olib keldi.
Birgina Germaniyada operatsiyaga 300 dan ortiq xavfsizlik kuçlari vakili jalb qilingan. Gessen, Şimoliy Reyn-Vestfaliya va Bavariya federal yerlarida 21 ta manzilda tintuvlar ötkazildi. Ispaniyalik tergovçilar Marbelya yaqinidagi 13 ta xonadonda tintuv ötkazdi va uç kişini, jumladan, guruhning taxminiy yetakçilarini qölga oldi.












