Xitoy janubidagi Guandun provinsiyasiga yopirilgan kuçli yoğingarçiliklar rasmiylarni mamlakatning aholi tiğiz yaşaydigan uşbu qismida 110 ming kişini evakuatsiya qilişga majbur qildi.
Xinhua davlat axborot agentligi xabar berişiça, 22 aprel holatiga köra, tört kişi halok bölib, yana 10 kişi bedarak yöqolgan.
Agentlikka köra, 36 ta uy qulagan, yana 48 tasi jiddiy şikastlangan. Suv toşqinlari yetkazgan jami zarar miqdori ayni vaqtga kelib 140 mln yuandan ortiqqa (19 mln AQŞ dollari) baholanmoqda.

Marvarid daryo (Çjutszyan deb ham ataladi) deltasi Xitoy janubidagi iqtisodiy jihatdan eng rivojlangan hudud, elektron qurilmalar, öyinçoqlar, libos va töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariladigan markazlardan biri hisoblanadi. Mamlakat savdo aylanmasining taxminan uçdan bir qismi uşbu daryo deltasidagi iqtisodiy zona hissasiga töğri keladi. Mintaqada 127 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi.
Uşbu regionda faoliyat körsatuvçi ikki kompaniya rahbarlari Reuters agentligi bilan suhbatda ekstremal ob-havo şaroitiga qaramay, biznesning özi yoki yetkazib beriş zanjirlari uçun oşiğiç salbiy oqibatlar yöqligini ma’lum qilgan.
Ilon Maskning Tesla avtomobil kompaniyasi uçun ham bosiş platalari işlab çiqaruvçi Camelot PCB kompaniyasi odatdagi tartibda işlaşda davom etayotganini ma’lum qilgan.
Şuningdek, plastmassalar işlab çiqaruvçi, Apple, Huawei va Samsung kabi texnologiya gigantlarini ta’minlovçi Polyrocks Chemical kompaniyasi ham barçasi joyida ekanini bildirgan.

VISUAL CHINA GROUP
Davlat naşrlarida namoyiş etilgan kadrlarda va ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda yer uçastkalari va köçalar suv ostida qolgani, qutqaruvçilar suv keçib odamlarni xavfsiz joylarga olib ötayotgani aks etgan.
Duşanba tongida rasmiylar provinsiya şimolidagi daryolarda suv sathi maksimumga yetişi mumkinligi, bunday holat «100 yilda röy berişi», ammo hozirça bu röy bermaganini ma’lum qilgan.



















