Özbekistonda davlat idoralaridagi xizmat avtomobillari bosqiçma-bosqiç elektromobillarga ötkazilmoqda. 2023−2025 yillarda umumiy qiymati 1 trillion 320 million sömlik 3863 dona gibrid va elektromobil xarid qiliş rejalaştirilgan.

Gibrid va elektromobillarni xarid qiliş uçun budjetdan taşqari jamğarma mablağlaridan foydalanişga ruxsat berilgan. Bunda transport vositalarining maksimal narxiga qöyilgan çeklovlarga, şuningdek, ularni yangilariga almaştiriş muddatiga qöyiladigan talablarga rioya qiliş kerak.

Gazeta.uz davlat xaridlari portalini örganib çiqib, e’lon qilgan maqolasida bir qator hokimliklar yetim va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarni qöllab-quvvatlaşga yönaltirilgan “Mehr daftari” jamğarmasi mablağlarini yangi avtomaşinalar sotib olişga sarflayotganini aniqlagan.

“Mehr daftari” jamğarmalari 2021 yilda mamlakatda yetim va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni tarbiyalaşning yangi tizimini joriy eta boşlagan va mehribonlik uylari Milliy gvardiyaga biriktirilgan paytda viloyat hokimiyatlari huzurida taşkil etilgan. Bu fond homiylik xayriyalari va alkogolli mahsulotlarning (pivo va tabiiy vinodan taşqari) ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalarning sof foydasidan 3 foiz ajratmalar hisobidan moliyalaştiriladi.

Jamğarma mablağlari yetim va ota-ona qaramoğisiz qolgan bolalarning muammolarini hal etiş, iqtidorli bolalarni qöllab-quvvatlaş, ularni hayotga tayyorlaş, öqişini taşkil etiş, kasb-hunarga yönaltiriş va bandligini ta’minlaş, kommunal tölovlar böyiça qarzlarini qoplaş va boşqa maqsadlarga yönaltiriladi.

Aynan “Mehr daftari” jamğarmalari (yuridik şaxs taşkil etmasdan tuzilgan, vasiylik kengaşlariga hokimlar rahbarlik qiladi) hokimliklarning bir qator davlat xaridlarida yangi avtomobillar xaridorlari sifatida körsatilgan.

Masalan, Qaşqadaryo viloyati hokimligining “Mehr daftari” jamğarmasi nomidan törtta “gibrid” BYD Song Plus sotib oliş böyiça 1 milliard 780 million sömlik kelişuvlar amalga oşirilmoqda (1, 2, 3