AQŞ prezidenti Jo Bayden Ukrainaga 61 milliard dollar miqdorida harbiy yordam ajratişni nazarda tutuvçi milliy xavfsizlik qonunini imzoladi. 

«Bu Amerika uçun yaxşi kun, yevropaliklar uçun yaxşi kun, butun dunyo uçun yaxşi kun – va bu muhim», dedi Bayden brifingda. 

Uning sözlariga köra, qonunni imzolaş nafaqat Amerika, balki butun dunyo xavfsizligini yaxşilaydi va AQŞ ittifoqçilariga hayotiy yordam va özini himoya qiliş imkoniyatini beradi. 

AQŞ prezidentining qöşimça qilişiça, Vaşington «yaqin soatlarda» Kiyevga harbiy yordam yetkazişni boşlaydi.  

«Biz Ukrainaga havo hujumidan mudofaa tizimlari uçun öq-dorilar, artilleriya uskunalari, raketa tizimlari va armiya jihozlarini jönatişni boşlaymiz», dedi Bayden. 

AQŞ Kongressi içki kelişmovçiliklar tufayli 2023 yil kuzidan beri milliy xavfsizlik töğrisidagi qonun loyihasini qabul qila olmayotgan edi. Amerika çegarasini himoya qiliş çoralari körilmagani uçun respublikaçilar qonun loyihasini tasdiqlaşdan boş tortib kelayotgandi. 

Qonun Ukrainaga qariyb 61 milliard dollarlik harbiy yordam, şuningdek, Isroilga va Tayvanga 26 milliard dollarlik yordam körsatişni ham nazarda tutadi. 

2024 yil 20 aprelda qonun loyihasi AQŞ Kongressi Vakillar palatasi tomonidan ma’qullandi. Tört kundan keyin Senat uni ma’qulladi. Baydenning imzosi qonunni qabul qiliş uçun oxirgi qadam edi.