27 aprel, şanbaga ötar keçasi Krasnodar ölkasiga dronlar hujumi natijasida Slavyansk-Kuban şahridagi Slavyansk neftni qayta işlaş zavodi (NQZ)ga zarar yetdi, deb yozadi Neftegaz.ru internet-naşri Krasnodar ölkasi gubernatori Veniamin Kondratevga tayanib. 

Avvalroq Kondratev özining Telegram-kanalida Rossiya havo mudofaasi «Slavyansk, Severskiy va Kuşçevskiy tumanlarida 10 dan ortiq dronlarni tutib olgani»ni ma’lum qilgandi. «Ular neftni qayta işlaş zavodlari va infratuzilma obektlariga hujum qilişga uringan, qurbonlar va jiddiy zarar yöq», - deyiladi gubernator postida. U hujum nişoniga aylangan neftni qayta işlaş zavodlari nomini keltirmadi. 

Slavyansk tumani rahbari Roman Sinyagovskiy ham 27 aprel kuni erta tongda mahalliy neftni qayta işlaş zavodida yonğin sodir bölganligi haqida xabar berdi. «Slavyansk neftni qayta işlaş zavodida ajratuvçi blok şikastlangan va 5 kvadrat metr maydonda yonğin sodir bölgan, yonğin öçirildi», — deb yozdi u Telegram’da. 

«Slavyansk-Kubandagi zavod hududiga jami 9 ta hujum uyuştirilgan, örnatilgan himoya tizimi tufayli rezervuar parki zarar körmagan. Yonğin mas’ul xizmatlarning birgalikdagi sa’y-harakatlari bilan öçirildi», — deyiladi mahalliy ma’muriyat xabarida. 

Ilskiy NQZga dronlar hujumi 

«Jivaya Kuban» mintaqaviy internet-naşri Ukraina qurolli kuçlarining uçuvçisiz uçoqlari Krasnodar ölkasining Severskiy tumanidagi Ilskiy neftni qayta işlaş zavodiga ham hujum qilgani haqida yozdi. Naşrda ta’kidlanganidek, mahalliy aholi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda çaqnaş va portlaş tovuşlari aks etgan video e’lon qilindi. 

«Ukraina qurolli kuçlarining kamikadze uçoqlari ertalab soat 4 da zarba berdi – portlaşlar 30 daqiqadan köproq töxtamadi, havo hujumidan mudofaa tizimi va radioelektron uruş tizimlari işga tuşdi», — deyiladi naşrda. 

Ukraina agentliklari mahalliy aholiga tayanib xabar berişiça, 27 aprelga ötar keçasi Kuşçevskaya qişloğidagi harbiy aerodromda ham yonğin sodir bölgan.