Toşkent şahar hokimi Şavkat Umrzoqov köplab e’tirozlarga sabab bölayotgan masala – Abdulla Qodiriy va “Döstlik” boğlari xususiy tadbirkorga 49 yilga ijaraga berilgani yuzasidan izoh berdi. U Gazeta.uz muxbirining bu haqdagi savoliga javob bergan.

“Nima deb öylaysiz, 1 kv metr yaşillikni yaxşi uşlab turiş uçun qança xarajat qiliş kerak? Men sizga aytaman, 20 dollardan 50 dollargaça sarflanadi oyiga. Davlatni qança puli bor? Keça gullar, daraxtlar va yaşillik xarajati uçun 8 milliardlik [qarorga] qöl qöydim. Sizlar yozdinglar va töğri yozdinglar, buni berkitadigan joyi yöq”, – dedi poytaxt hokimi.

“Biz [boğlarni] ijaraga berganimiz bilan mana Ğafur Ğulomni qanaqa çiroyli joy qilib qöygan. Hozir boringlar, [Abdulla Qodiriy va Döstlik] boğlar[ining ahvoli] yaxşimas. Boğning menejeri davlat bölişi notöğri. Butun dunyoda şunaqa. U yerga qöşimça daraxt ektiramiz, katta attraksionlar qöyilmaydi, talablar hammasi qöyilgan. Nega unga berdinglar desanglar uni qilib qöygan işini kördim. Man nima qilaman tajriba qilib”, – dedi Umrzoqov.

Jurnalistning aslida qonunçilik böyiça tender bölişi kerakligini aytganida hokim “Men tender qildim”, deya javob berdi.

“Men şuni lozim topdim, men tanladim. Bir narsani tuşunişimiz kerak, kv metri 20−50 dollar deyapman. Davlat qanday qilib [bu xarajatni] kötaradi? Bu xalqni puli... Avvalo, har bir parkda qilinayotgan iş bamaslahat qilinadi”, – dedi Şavkat Umurzoqov.

Eslatib ötamiz, Toşkent hokimi Şavkat Umurzoqov 26 martdagi qarori bilan Döstlik (sobiq Bobur) parkini 49 yilga Ğafur Ğulom parkini rekonstruksiya qilgan BPM Smart Decision Management kompaniyasiga ijaraga bergan.

19 aprel kuni Abdulla Qodiriy boğida jurnalistlar bilan uçraşgan kompaniya rasmiylariga köra, investor har bitta boğ uçun kamida 10 million dollardan investitsiya kiritiş majburiyatini olgan.

Boğni ijaraga beriş haqidagi qaror jamoatçilik muhokamasiga qöyilmagan edi. Bu ma’lum bölgaç, qator faollar boğlarni pul işlaydigan maskanga aylantiriş notöğri ekani, ularni ijtimoiy ahamiyatga ega obektlar sifatida davlat moliyalaştirişi kerakligini ta’kidlab çiqdi