Toşkent şahri hokimi qarori bilan 2 boğ Özbekiston – Singapur qöşma korxonasiga 49 yilga ijaraga berildi. Mas’ullarga köra, Abdulla Qodiriy boği “tinç-sokin joy sifatida” qayta ta’mirlanadi, u yerda attraksionlar bölmaydi. Döstlik boğida köpi bilan 10 ta attraksion bölib, yaşillikni köpaytirişga urğu beriladi. Quruvçi taşkilot boğlarni uzoği bilan 3 yilda aholiga qaytarişni rejalayapti.

Toşkentda sanoqli parklar aholi ixtiyorida qoldi. Biroq ularning ayrimlari taşlandiq holga keltirildi va köplab hududlari investorlarga beriş bahonasida oçiqçasiga talon-toroj qilinib, daraxtzorlar örniga beton junglilar qad rostladi. Olmazor va Şayxontohur tumani kesişmasidagi Abdulla Qodiriy nomidagi boğ ham, Yakkasaroy tumanidagi Döstlik (eski nomi Bobur) boği ham qarovga muhtoj bölib qoldi. Bu boğlarning har joylaridan “biznes” egalari özlariga bölaklar yulib olişdi va boğlar atrofida baland binolar böy çözib qoldi. Şahar aholisi boğlarning bu holatidan xavotirda ekanini bildirib kelayotgan edi.

19 aprel kuni Abdulla Qodiriy boğida jurnalist va jamoatçilik faollari bilan uçraşuv bölib ötdi. Unda 2 boğni 49 yilga ijaraga olgan BMP Smart Decision Private Limited kompaniyasi vakillari iştirok etib, boğlar qaçon aholiga qaytarilişi, ularning qiyofasi qay darajada özgarişi haqida ma’lumot berdi. Ma’lum bölişiça, Toşkent şahar hokimining 2024 yil mart oyidagi qaroriga köra, boğlar Özbekiston–Singapur qöşma korxonasi BMP Smart Decision Private Limited kompaniyasiga 49 yilga ijaraga berilgan. Çilonzor tumanidagi Ğafur Ğulom boği ham oldinroq xuddi şu kompaniyaga 49 yilga ijaraga berilgan edi.

BMP Smart Decision Private Limited rahbari örinbosari Zafar Mirzauluğovning tuşuntirişiça, Abdulla Qodiriy boğida 3 yil davomida rekonstruksiya işlari amalga oşiriladi.

“3 yil deyilgani bilan biz rekonstruksiyani tezroq amalga oşirişga harakat qilamiz. 2 ta boğ bölgani sababli biz 3 yil qilib belgiladik. Boğ 1 yoki 1,5 yilda ham bitib qolişi mumkin. Abdulla Qodiriy haykalini ham haykaltaroşlar bilan gaplaşdik, boşqaçaroq, kattaroq qilib rekonstruksiya qilişga kelişib oldik”, – dedi u. Bundan taşqari, Mirzauluğov boğ yonida Abdulla Qodiriyning kutubxonasi va qöşimça yana umumiy kutubxona ham bölişi, boğning asosiy darvozasi oçilişini qöşimça qildi.

“Töğrida Çorsu, yon tomonda Islom sivilizatsiyasi markazi bor. Bularning hammasini bir-biriga boğlaymiz. Asosiy darvozani oçib beradigan bölsak, eskilar biladi, xalq asosan mana şu hududdan ötadi. Ham bu kesib çiqadigan yöl. Özingiz bilasiz park biznes sohasiga aylanib qolişi kerak emas”, – dedi mas’ul vakil.

Şuningdek, u Abdulla Qodiriy boğidan metro ötgani uçun u yerda quriliş, 4-5 qavatli binolar bölmasligi, faqat yengil oynali rekonstruksiyalar, fudkort va milliy taomlar bölişini bildirdi.

“Qöpolroq qilib aytganda, bu tadbirkor uçun tavakkal narsa. Ğafur Ğulom boğini çiroyli qilib berdik, odamlar rahmat aytyapti, nafaqaxörlar söragan hamma imkoniyatlarini yaratib berişga harakat qilyapmiz. Bu yerda ham xuddi şunaqa narsa böladi. Ğafur Ğulom çilonzorliklar uçun bölib qolgan bölsa, bu endi Olmazor, Şayxontohur tumani uçun böladi”, – dedi korxona rahbari örinbosari.

Kun.uz muxbiri mas’ullarga boğlarga Abdulla Qodiriy va Bobur nomi qolişi yoki qolmasligi böyiça qanday reja borligi haqida savol bilan murojaat qildi. Toşkent şahar hokimligi qoşidagi jamoatçilik kengaşi raisi Furqat Mahmudxöjayevning aytişiça, bu masalada Toponomik komissiya bilan maslahatlaşiladi.

 “Mening şaxsiy fikrim, milliylik bölişi kerak, boğ ajdodlarimizning nomlarida qolişi kerak. Biroq men va’da berib qöyadigan bölsam, ertaga Toponomik komissiyada boşqaça körilsa, çiroyli çiqmaydi. Lekin sizlarning oldingizda men va’da beraman, şaxsan özim harakat qilaman”, – dedi Mahmudxöjayev.

Şu bilan birga u Toşkent şahar jamoatçilik kengaşi raisi sifatida ham tarixiy siymolar nomini saqlab qolişni xohlayotgani va bu uçun harakat qilişini bildirdi.

Boğlarda attraksionlar örnatiş masalasida BMP Smart Decision rahbari Otabek Mirzajonov ma’lumot berdi. Unga köra, Abdulla Qodiriy boğida bolalar öyingohlari, mexanik attraksionlar örnatiş közda tutilmagan. Bobur boğida esa qisman qöyiladi.

“Masalan, Ğafur Ğulomda 40 ta attraksion bölsa, Boburda 10 tadan köp bölmasa kerak. Biz attraksion qöyişga majbur bölganimiz sababi yiliga faqat yaşil fonni himoya qiliş, kengaytiriş, xodimlarning oyligi uçun 6 millard sömdan köp pul ketadi”, – dedi Mirzajonov.

Mas’ul Bobur boğida attraksionlar qöyilişini boğni yaşil holatda uşlab turiş uçun sarflanadigan xarajat bilan deb izohladi. Ta’kidlanişiça, boğlarga yana daraxt ekiş, yaşil fonni köpaytiriş hamda tinç va salqin joy qilişga harakat qilinyapti. Şuningdek, boğda şou va konsertlar uçun amfiteatr qayta tiklanadi, şaxmat maydonçasi, yoga va vorkaut zonasi, bir neçta bolalar maydonçalari paydo böladi.

“Boğ yonidagi Bratislava köçasining Özbek tili va adabiyoti universitetidan Konstitutsiya köçasigaça bölgan qismi yopilib, ovqatlaniş maydoni bor piyodalar hududi taşkil etiladi. Biz har ikki boğda ham birorta daraxt kesilmasligiga, yaşillikka putur yetmasligiga va’da beramiz. Buni nafaqat OAV vakillari, balki jamoatçilik ham kuzatib, körib borişi uçun yetarli darajada oçiqmiz. Barça savollarga javob berişga tayyormiz”, –degan qöşma korxona direktori Otabek Mirzajonov Daryo muxbiriga.

Şuningdek, mas’ullarning ma’lum qilişiça, har bir istirohat boği kamida 10 million dollar investitsiya kiritiş şarti bilan ijaraga berilgan. Toşkent şahri hokimi örinbosari Furqat Mahmudxöjayevning jurnalistlarga bildirişiça, şahar hokimligi mahalliy budjetdan qöşimça mablağ ajratib, har ikki boğni ham ta’mirlab, zamonaviy körinişga keltirişga qodir emas. Boisi, şundoq ham xarajatlar köp. Şu sabab bu işga investorlar jalb qilinib, ularning yordamida boğni asrab qoliş hamda aholiga qulaylik yaratiş maqsadi közlangan.

“Özi qaror 20 martda çiqdi. Hali yuridik tarafdan tasarrufimizga ötmagan. Hozir şartnoma qilyapmiz. Oxirgi yakuniy loyiha yöq. OAVni çaqirişdan maqsad biz şu parkni olganimizni aytiş, rejalarimizni e’lon qiliş va xalqda tuğiladigan savollarga javob beriş”, – dedi Mirzajonov press-tur davomida.

Ma’lumot uçun, Abdulla Qodiriy boğini zamonaviy parkka aylantiriş masalasi 2018 yil kötarilgan edi. Oxirgi marta boğ 2022 yil mart oyida ta’mirlaş uçun yopilgandi.