Qozoğistonning Olmaota şahri, Olatau tuman sudi 2023 yil dekabrida avtobusning ayol haydovçisiga hujum qilib, fojiali YTH sababçisi bölgan yölovçini 8 yilga ozodlikdan mahrum qildi. Bu haqda Vlast xabar berdi. 

Ayblanuvçi Darxan Axmetjanov Qozoğiston Jinoyat kodeksining 293-moddasi 1-qismi «Bezorilik» va 351-moddasi 3-qismi «Ehtiyotsizlik oqibatida odamlarning ölimiga sabab bölgan transport vositalarining xavfsiz işlaşini ta’minlaş qoidalarini buziş» moddalari böyiça aybdor deb topildi. 

Axmetjanov 2023 yil 22 dekabr kuni Olmaota şahridagi 47-sonli avtobus yönalişida ayol haydovçini urgan, oqibatda u huşini yöqotgan, avtobus esa bekatdagi odamlarni bosib ketgan edi. Fojiada uç kişi halok bölib, yana tört kişi jarohat oldi. 

Sudlanuvçi qamoq muddatidan taşqari, jabrlanuvçilardan birining bevasiga 6,3 million tenge (14 ming dollar) moddiy zarar hamda ma’naviy zarar uçun 5 million tenge (11 ming dollar) tölaşi kerak böladi. Yetim qolgan Yerasil Baydualiyevga (uning onasi va otasi baxtsiz hodisada vafot etgan) 10 million tenge (22 ming dollar) tölaydi. 

Sud jabrlanuvçilar oila a’zolarining avtobus ayol haydovçisiga nisbatan da’volarini körib çiqmasdan qoldirdi.