Qurbonlar yarim millionga yetmoqda: özbekistonliklarni moliyaviy piramidalardan kim qutqaradi?
|23:39 / 29.04.202453 57716 min
Har kuni yuzlab odamlar bir neça ming dollarlarini moliyaviy piramidalarga tikib, kuyib qolişmoqda. Qança ogohlantirilmasin, bong urilmasin, odamlar baribir aldanişda davom etyapti. Önlab aldov loyihalar huquq posbonlarining “burunlari ostida” gurkirab bormoqda. Ammo ularni töxtatadigan na bir taşkilot, na bir idora yöq, borlari ham “jabrlanuvçi yoki ariza yöq” degan bahona bilan özlarini çetga olişadi. Kun.uz tayyorlagan uşbu körsatuvda firibgarlik va birovlarni talaş ustiga qurilgan önlab “biznes”lar haqida gap boradi.
Oğzi kuyganlar qatiqni puflab içmayapti
Özbekistonda moliyaviy piramidalar soni kundan kunga ortib bormoqda. Afsuski, odamlar biriga çuv tuşib, ikkinçisiga yana işonişda davom etmoqda.
2024 yilning boşida “Parker” nomli moliyaviy piramida avj oldi. Kun.uz loyiha avj olgan palladayoq bu moliyaviy piramida ekani haqida suriştiruv e’lon qilgandi. Ammo viloyatlarda ham filiallari oçilganini, hatto şu yönalişda MÇJlar davlat röyxatidan ötkazilganini körgan odamlar topganini şu loyihaga – powerbank ijarasiga tikdi. Oxir-oqibat esa köplab insonlar aldanib qoldi.
Şundan söng internetda “Sun Eco” nomli yana bir şubhali loyiha paydo böldi. Unda odamlar quyoş panellariga pul tikişga çaqirildi.
Bugun “Parker” va “Sun Eco” kabi Özbekistonda faol tarğibot qilinayotgan, faoliyati turliça bölsa-da, asosi va maqsadi bitta – odamlarni çuv tuşiriş bölgan bir neçta loyihalarga töxtalamiz.
Tabiat ğamxöri niqobidagi “qopqon”
“Blue culture” nomi bilan ommalaşib borayotgan loyihaning işlaş uslubi “powerbank ijarasi”dan daromad olişni taklif etib, köplab odamlarni çuv tuşirgan “Parker”niki bilan bir xil: qança köp pul tiksangiz, şunça katta daromad. Afsuski, qarmoq uçidagi mana şu “xörak”ka ilinayotganlar soni kundan kunga ortib bormoqda.
“Blue culture”ning Özbekistonga kirib kelişi boşqa moliyaviy piramidalarnikiga öxşaş. Ayni paytda viloyatlarda loyihaning hududiy ofislari oçilib, ijtimoiy tarmoqlarda keng tarğibot işlari boşlab yuborilgan.
Loyihani tarğib qiliş işlari hatto ta’lim maskanlarigaça kirib borganini köriş mumkin.
Mavzuga oid
Barça moliyaviy piramidada loyihaning asl maqsadini yaşirib turuvçi “taşqi qobiq” böladi. Masalan, “Parker”da uşbu vazifasini powerbank ijarasi bajargan. “Blue culture” esa “taşqi qobiq” sifatida tabiatga ğamxörlikdan foydalanmoqda.
Loyiha tarğibotlarida keltirilişiça, “Blue culture” kompaniyasi 2023 yilda Nyu-York şahrida taşkil etilgan bölib, asosan uglerod nuqtalarini yiğiş va sotiş bilan şuğullanadi. Uglerod neytralligiga erişiş uçun har bir kişi kompaniyaga qöşilib, kam uglerodli va ekologik toza xatti-harakatlar orqali şaxsiy uglerod ballarini olişi mumkinligi aytiladi.
Ya’ni foydalanuvçi kompaniyaga qöşiladi, pul tikadi, atrof-muhitni muhofaza qiliş böyiça kundalik harakatlarini bajariş orqali ball oladi hamda uşbu ballarni dollarga aylantiradi.
Loyihaning darajalar va daromadlar jadvaliga köra, CNT1 darajasiga 100 AQŞ dollari tikkan odam kuniga 3, oyiga esa 90, yiliga 1080 dollar daromad oladi. CNT2 darajasida esa 500 dollar tikib, kuniga 15, oyiga 450 hamda yiliga 5400 dollar foyda köriş taklif etiladi. Bu yillik ming foizdan ortiq degani. Şuning öziyoq bu loyiha “qopqon” ekanini körsatib turibdi aslida.
“Sovğa bering, sovğa oling”
“Dari poluçay” loyihasi öz moliyaviy piramidasini şu şior ustiga qurgan: bering va oling. Asosan Telegram botda işlaydigan loyiha asosçilari bu biror kompaniya ham, tarmoq biznesi ham, moliyaviy piramida ham emasligini ta’kidlaşadi. Loyihaga xalqaro hamjamiyat “töni kiydirilgan”.
Şartlar esa oddiy: 7 ta sovğalar doskasi yaratilgan. Foydalanuvçi har bir doskada bir marta sovğa berib, 8 kişidan sovğa olişi mumkin ekan. Doskalarga pul tikiş miqdori esa oşirib borilgan. Masalan, birinçi doskaga 150 ming söm tikib, sovğa sifatida 1,2 mln söm oliş taklif etiladi. Bronza doskada 450 ming tikib, 3,6 mln söm, kumuş doskada 1,5 mln sömga 12 mln söm, şu tariqa miqdor oşib borib, yettinçi titanli doskada 150 mln söm tikib 1,2 mlrd söm foyda köriş aytilgan.
Şuningdek, foydalanuvçi loyihaga odam qöşişi kerak. Öz-özidan körinib turibdiki, foydalanuvçi oladigan qariyb ming foizlik daromad loyihaga yangi odamlarni qöşiş orqali keladi. Ya’ni şartga köra, sovğa qabul qiluvçining örniga boriş uçun siz sovğa qiymati böyiça bir xil bölgan 1 nafar iştirokçini yoki çeksiz xamkorlarni şaxsan taklif qilişingiz kerak böladi. Bu esa yaqqol moliyaviy piramida.
Hozirda Özbekistonda “Dari poluçay”ning ham tarğiboti faol olib borilmoqda. Ijtimoiy tarmoqlarda loyihaning önlab özbek guruh va kanallari işlab turibdi.
“Boşliği” yöq loyiha
Özbekistonda faol tarğibot qilinayotgan navbatdagi moliyaviy piramida bu – “Charoit”. Loyihadagi “qopqon” quyidagiça: unda boşliq yöq, hamma teng va barça foyda olişi mumkin.
“Charoit” şartlari quyidagiça: loyihada char nomli içki pul bor. Telegram botda röyxatdan ötasiz, şaxsiy kabinet oçasiz. Bunda ham bir neça bosqiçlar bor. 100 ming söm tikib, birinçi bosqiçdan joy olasiz hamda ikkita tanişingizni taklif etasiz. Tölov qilasiz, foizi bilan qaytarib olasiz.
“Charoit”da birinçi bosqiçda 100 ming söm tikib, 600 ming söm foyda oliş taklif etiladi.
Barça moliyaviy piramidalar kabi keyingi bosqiçlarda tikiladigan pul va daromad miqdori oşirib boriladi. Daromad foydalanuvçining şaxsiy kabinetida yiğilib borişi va uni plastik kartaga ötkazib oliş mumkinligi aytiladi.
Tarmoq biznesimi yoki “qarmoq biznesi”?
“Ubuntu” loyihasini katta daromad manbai – tarmoq biznesi deya tarğib qilişmoqda. Ammo bu loyihada na biznes, na boşqa narsa bor, şunçaki pul tikiş, odam qöşiş va katta daromad oliş taklif etiladi.
Mazkur loyihaning işlaş uslubi ham yuqoridagilarga öxşaydi: bir neçta bosqiçlar – doskalar bor. Pul tikasiz va boşqalarni qöşiş hisobiga daromad olasiz. Masalan, birinçi poğona – mis bosqiçida 12,5 dollar tikib, 100 dollar sovğa oliş taklif etiladi. Oxirgi bosqiçda esa 20 ming dollarga 160 ming dollar soğa!
Mazkur loyihaga köplab odamlar pul tikmoqda, özining döst va qarindoşlarini, yaqinlarini işontirib, pul tikişga köndirmoqda. Biroq “Ubuntu” ham öz nuqtasiga yetganida, şubhasiz, qumga tomgan tomçidek bir lahzada ğoyib böladi. Sababi, uning moliyaviy piramida ekani kundek ravşan.
“Kooperativ savdo” ortiga yaşiringan “Imalliance”
Özbekistonliklar yaqin oylarda çuv tuşişi mumkin bölgan navbatdagi moliyaviy piramida “Imalliance” hisoblanadi.
Loyiha tarğibotçilarining keltirişiça, kompaniya 2018 yilda taşkil etilgan va ştab-kvartirasi AQŞning Kolorado şahrida joylaşgan, u Amerika qit’asida eng yirik Internet ma’lumotlarini tarğib qiluvçi kompaniya hisoblanar ekan. “Imalliance”ning asosiy faoliyati elektron tijorat platformalarida mahsulotni ilgari surişdan iborat ekani aytiladi. Göyoki, siz qöygan mehnat depoziti kooperativ savdo dökonidan mahsulot sotib olişga sarflanadi, xarid muvaffaqiyatli bölgandan söng savdogar “Imalliance” kompaniyasiga komissiya tölaydi. Har bir inson har kuni “Imalliance”ning buyurtma topşiriqlarini bajariş orqali komissiya olişi mumkin.
Qayd etilişiça, kompaniya foydalanuvçining mablağlari va daromadlarini suğurta qildi. Agar baxtsiz hodisa tufayli foydalanuvçi manfaatlariga zarar yetkazilsa, “Imalliance” suğurtasi tovon tölaydi. Şuningdek, loyihada boşqa moliyaviy piramidalardan farqli ravişda foydalanuvçilar bir yillik mehnat şartnomasini imzolaşi kerakligi aytiladi. Bu ham aslida odamlarni işontiriş uçun “qurol” sifatida foydalaniladigan jihatlardan biri.
“Imalliance”da foydalanuvçi VIP2 darajaga a’zo bölsa, 100 dollar tikib kuniga 4, oyiga 120 hamda yiliga 1460 dollar işlab olişi mumkin ekan.
Agar u A döstini qöşsa 10 foiz, ya’ni 10 dollar yönaltiruvçi mukofot olişi, A özining B döstini qöşsa 5 foiz referal mukofot olişi mumkinligi aytilgan.
Bundan körinib turibdiki, daromad pul tikiş va kimlarnidir loyihaga qöşiş evaziga keladi. Bu esa moliyaviy piramidaning eng ommabop şakli xolos.
Samolyot bilan “jarlikka” uçiş
“Humokapital” loyihasi Özbekistonda iqtisodiy öyin körinişida odamlarni öziga jalb etişni maqsad qilgan. Boşqa moliyaviy piramidalardan farqli ravişda bu loyihaning sayti bor. U yerda foydalanuvçilarga samolyot sotib oliş körinişidagi öyin orqali daromadga ega böliş taklif etilmoqda.
Öyinga qöşiliş uçun turli darajadagi samolyotlarni sotib oliş kerak böladi. Şuningdek, loyihada 3-x darajali şeriklik dasturi taklif etiladi. Loyihada hamma narsa avtomatik rejimda işlaşi ma’lum qilingan.
Öyin 12 bosqiçdan iborat. Birinçi bosqiçda 42 ming sömga ikki oy muddatga sotib olinadigan samolyot oyiga 56 foizlik daromad keltirişi aytiladi. Şu tariqa bosqiçga qarab tikiladigan summa va köriladigan daromad oşirib borilgan. Eng oxirgi bosqiçda 1,4 mln sömga 20 kun muddatga samolyot oliş mumkin. Uning oylik daromadi 176 foizga tengligi körsatilgan.
Şakli boşqaça bölgani bilan “Humokapital” ham mohiyatan boşqa moliyaviy piramidalar bilan bir xil: yuqori daromad bilan odamlarni qiziqtiriş va oxir-oqibat çuv tuşiriş.
“Şerik toping va foyda oling”
Özbekistonda “New Millenium” loyihasiga işonayotganlar ham köpçilikni taşkil qiladi. Biroq bu loyihaning moliyaviy piramida ekanligi uning işlaş uslubida yaqqol namoyon bölib turibdi.
“New Millenium”da foydalanuvçining daromad olişi “zanjirli” uslubga asoslangan: siz odam topasiz va loyihaga qöşasiz, öz navbatida ular ham odam qöşadi hamda şu tariqa tikilgan puldan daromad şakllanadi.
Tarğibot tadbirlarida keltirilişiça, kompaniyada 5 ta aktiv daromad keltiradigan va 3 ta jamğarib boriladigan passiv daromad keltiruvçi dasturlardan bosqiçma-bosqiç ötib boriladi. Göyoki, foydalanuvçi beş bosqiçli yölni bosib ötadi va mol-mulkka, katta miqdordagi pulga ega böladi.
“1000 rubl sarmoya va çeksiz daromad”
“DREAM reklamnaya platforma” loyihasi odamlar quloğiga şunaqa “lağmon ilmoqda”.
Bir neçta tariflardan iborat uşbu loyihada ham foydalanuvçilarga loyihaga odam qöşiş hisobiga ularning tikkan pulidan daromad olişi taklif etilmoqda.
“DREAM reklamnaya platforma”sining işlaş uslubi boşqa moliyaviy piramidalarniki kabi bosqiçlardan iborat: pul tikib kirasiz va siz qöşgan odamlar hisobiga daromadga çiqasiz. Bu mehnat qilib topilgan pulni oçiqçasiga birovga tutqazib yuborganday gap.
Biz şunçalik soddamizmi?
Xalqaro moliyaviy piramidalar yoki ular körinişidagi loyihalar asosan Markaziy Osiyo davlatlariga, xususan, Özbekistonga “in qurib” olmoqda. Albatta, bunga sabab böluvçi omillar köp. Şulardan biri moliyaviy savodxonlikning pastligi.
Öylab qaraydigan bölsak, faoliyati davlat tomonidan tartibga solinadigan, daromadi ham davlat tomonidan muayyan tarzda kafolatlangan banklar hamda moliya taşkilotlari milliy valuta – sömda köpi bilan 25 foizgaça, xorijiy valuta (dollarda) 10 foizgaça daromad taklif qiladi. Mohiyati moliyaviy piramidadan iborat qisqa muddatli yuqoridagi loyihalarda esa “xörak” sifatida yillik 300-400, hatto ming foizgaça foyda taklif etiladi. Bu na biznes qoidalariga va na eng oddiy mantiqqa töğri keladi. Moliyaviy savodxonligi deyarli nolga teng sodda xalq esa bu raqamlarni körgaç, tabiiyki, şoşib qoladi, bor-budini olib borib topşiradi.
Nega ular Özbekistonda bemalol işlab yuribdi?
Gap şundaki, aksariyat moliyaviy piramidaçilar tadbirkor niqobiga kirib olgan. Özbekistonda siyosat tadbirkorlarga erkinlik beriş, ular faoliyatiga aralaşmaslik prinsiplariga qarab iş tutadi.
Har qança şubhali bölmasin moliyaviy piramidalarga ham tadbirkorday qarab, ular faoliyatiga aralaşilmayapti. Köp hollarda huquq organlari jabrlanuvçilarning arizalari yöqligi vaji bilan bu kabi qinğir işlarga e’tibor qaratmaydi. Ammo bu töğri emas.
Aslida kiberjinoyatlardan odamlarni himoyalovçi önga yaqin idoralar bor: Kiberxavfsizlik markazi, IIV tuzilmalari, Boş prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti, soliq organlari, banklarning kiberxavfsizlik böyiça tuzilmalari, Markaziy bank va hokazo. Örganişlarimiz şuni körsatdiki, bu idoralarning birortasida aynan şubhali biznes loyihalarni kuzatadigan, ularning faoliyatini şubhaga qöyadigan hamda bu böyiça tezkor çoralar köradigan bölim yoki bölinma mavjud emas ekan.
Bundan taşqari, Jinoyat kodeksining 1881-moddasida pul mablağlarini yoki boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyatni amalga oşiriş, mazkur faoliyatda iştirok etişga jalb qiliş maqsadida uşbu faoliyatni reklama qiliş böyiça javobgarlik belgilangan. Biroq firibgarlar tomonidan Özbekistonga olib kirilayotgan aksariyat moliyaviy piramidalar kripto-aktivlarda mablağlarni jalb qilayotgani noqonuniy faoliyatni isbotlaşni murakkablaştirmoqda.
Moliyaviy piramidalarga qarşi xorij tajribasi
Köplab davlatlarda şabhali operatsiyalarni amalga oşiruvçi firmalar agar ularning şubhali moliyaviy harakatlari sezilsa, darhol aniqlaş va tekşiriş uçun vakolatli huquq organiga beriş amaliyoti bor. Şuningdek, moliyaviy piramida bölgan loyihalar röyxati yuritiladi.
Masalan, Qozoğistonda alohida davlat taşkiloti – Moliyaviy monitoring agentligi mavjud va aynan ular tomonidan moliyaviy piramidalar röyxati yuritiladi.
Rossiyaning Markaziy banki veb-saytida ham moliyaviy bozorda noqonuniy faoliyat belgilari aniqlangan kompaniyalar röyxati yuritiladi. Saytda deyarli har kuni 10 ga yaqin soxta loyihalar va platformalar böyiça materiallar joylaştiriladi. Uşbu kompaniyalardan ma’lum muddat içida e’tiroz kelib tuşmasa (odatda e’tiroz bölmaydi, çunki bu turdagi kompaniyalarni manfaati ortidan biror şaxs özini oçiqlab kelmaydi) ular faoliyati töğridan töğri huquqni muhofaza qiluvçi organlar tomonidan tekşiruvga olinadi. Bu orqali odamlarning soxta loyihalar, moliyaviy piramidalar böyiça xabardorligi oşirib boriladi.
Özbekistonda ham şu kabi çoralar körilişi, moliyaviy piramida bölgan loyihalarning “boşini silaş” örniga ularga qarşi ogohlik tarğibot tadbirlari bilan çeklanib qolmasdan, keskin kuraşiş vaqti allaqaçon yetib kelgan.
Kun.uz qölga kiritgan ma’lumotda ayni kunda respublika hududida 500 mingdan ortiq fuqarolar 60 dan ziyod ana şunday katta va kiçik aldov loyihalarga çuv tuşiş arafasida turibdi.
Kun.uz yurtdoşlarimizni yana bir bor kafolatlanmagan va xavfli loyihalarga pul tikmaslikka çaqiradi. Şu bilan birga, asosiy vazifasi xalqni turli qonunsizliklardan, muttaham va öğri-firibgarlardan asraş bölgan huquqni muhofaza qiluvçi organlarning vijdonli rahbarlari, xodimlari hali ham borligiga umid bildirib qoladi. Yana ham kim bilsin...