Saudiya Arabistoni yakşanba kuni Isroil va Hamas örtasida davom etayotgan uruşning global iqtisodiyotga ta’siri haqida ogohlantirarkan, mintaqaviy «barqarorlik»ka çaqirdi. Ar-Riyodda Jahon iqtisodiy forumining ikki kunlik maxsus yiğilişi ötkazilmoqda, unda Ğazodagi mojaroni töxtatiş böyiça muzokaralar olib borayotgan vositaçilar ham qatnaşmoqda.

Sammit iştirokçilari orasida AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken ham böladi, u arab yetakçilari bilan muzokaralarning navbatdagi raundida iştirok etiş uçun Saudiya Arabistoniga uçgan. Davlat departamenti u mojaro kengayişining oldini oliş zarurligiga urğu berişini aytgan.

Şuningdek falastinlik yetakçilar hamda Isroil va Hamas örtasida öt oçişni töxtatişda vositaçilik qilişga harakat qilayotgan boşqa mamlakatlarning yuqori martabali mulozimlari taklif etilgandi.

Ğazodagi uruş, şuningdek Ukrainadagi va boşqa mamlakatlardagi mojarolar «iqtisodiy» kayfiyatga «juda kuçli» bosim körsatmoqda, degan Saudiya Arabistoni moliya vaziri Muhammad al-Jadaan forumdagi ilk muhokamalardan birida.

«Öylaymanki, mamlakatlar, yetakçilar va odamlar sovuqqonroq bölib, vaziyat haqiqatan ham yumşatilişiga işonç hosil qilişi kerak. Mintaqaga barqarorlik darkor», — degan Jadaan.

«Bugun dunyo xavfsizlik va farovonlik örtasidagi muvozanatni topişga harakat qilib, tor kanat yölidan yurmoqda, — degan Saudiya Arabistoni rejalaştiriş vaziri Feysal al-Ibrohim şanba kungi matbuot anjumanida. — Biz bitta notöğri mulohaza, notöğri hisob yoki biror tuşunmovçilik muammolarimizni yanada çuqurlaştirganida uçraşamiz».

Jahon iqtisodiy forumi prezidenti Borge Brende «garovdagilar böyiça muzokaralarda, şuningdek… Ğazodagi boşi berk köçadan çiqiş ehtimoli böyiça muzokaralarda yangi impuls közga taşlanayotgani»ni aytgan.

Ammo Isroil sammitda iştirok etmaydi va Brendening qayd etişiça, Qatar va Misr iştirokidagi vositaçilik sammitda rasman muhokama etilmayapti. Öz navbatida, Ğazodagi gumanitar vaziyat, şuningdek Hamas va Livandagi «Hizbolloh»ni qöllayotgan Eron masalasi muhokama qilinadi, deya qöşimça qilgan u.

Şanba kuni Hamas ular hali tirikligini körsatiş uçun garovdagilarning ikki nafari iştirokidagi videoni namoyiş etdi, Isroilda esa kelişuv talabi bilan yirik namoyişlar bölib ötmoqda. Hamas vakillari Isroilning Ğazoda öt oçişni töxtatiş ehtimoli töğrisidagi sönggi taklifini örganayotganini ma’lum qilgan. Bir kun oldinroq OAVda Misr delegatsiyasi boşi berk köçaga kirib qolgan muzokaralarni tiklaşga uriniş uçun Isroilga yetib kelgani haqida xabarlar paydo bölgandi.