Ukraina Mudofaa vazirligining Boş razvedka boşqarmasi («GUR») ma’lumotlariga köra, 29 aprel, duşanbaga ötar keçasi Telegram platformasi rahbariyati «Rossiyaning Ukrainaga qarşi harbiy agressiyasiga qarşi kuraşgan bir qator rasmiy botlarni asossiz ravişda bloklab qöygan». Aniqlik kiritilişiça, «Asosiy razvedka boti» kutilmaganda bloklangan. «Bu Telegram rahbariyati oçiq e’lon qilgan qoidalar va ommaviy bayonotlarga zid ravişda sodir böldi», deyiladi «GUR»ning Telegram ijtimoiy tarmoğidagi bayonotida.

Ukraina razvedkasi, şuningdek, ularning asosiy boti bloklanganiga qaramay, foydalanuvçilarning barça şaxsiy ma’lumotlari xavfsiz ekanligi haqida xabar berdi. Şu bilan birga, «GUR» foydalanuvçilarni «duşman öxşaş nomli botlarni yaratayotgani» haqida ogohlantirdi va ularni boşqa platformalarda botni qayta tiklaş vaqtida potensial soxta botlarga şaxsiy ma’lumotlarni joylaştirmaslikka çaqirdi. 

Bir qator Ukraina ommaviy axborot vositalarining yozişiça, Telegram ogohlantirmasdan «Evorog» botlarini, Ukraina Xavfsizlik xizmati («SBU») rasmiy botlarini, Ukraina janubidagi koordinator botni va dronlarni kuzatiş uçun havo hujumidan mudofaa botlarini bloklagan.

Durov AQŞni Telegram’da josuslik qilişga urinişda aybladi 

Telegram ijtimoiy tarmoği asosçilaridan biri Pavel Durov avvalroq Amerika razvedka idoralarini dasturga orqa eşik vazifasini ötaydigan va foydalanuvçilarning yozişmalariga kiriş imkonini beradigan vositalarni kiritişga urinişda ayblagan edi. Qöşma Ştatlarga taşrifi çoğida unga «kiberxavfsizlik sohasidagi xodimlar yoki agentlar» tomonidan yollanmoqçi bölgan Telegram dasturini işlab çiqiş böyiça muhandis hamroh bölgan, dedi Durov amerikalik boşlovçi Taker Karlson bilan 17 aprel kuni çop etilgan intervyusida. Karlson ular amerikalik davlat xizmatçilarimi yoki yöqmi, şu böyiça aniqlik kirituvçi savol berganida, Durov muhandis unga yollaşga urinişlarni aynan şunday tasvirlaganini aytdi. 

Telegram yaratuvçisi, şuningdek, Amerika razvedka idoralari AQŞga har safari çoğida unga qiziqiş bildirişini va savollar berişini ta’kidladi. Razvedkaning haddan taşqari e’tibori jamoani AQŞga olib ketmaslik qaroriga sabab bölgan, deya qöşimça qildi u.