Tojikiston Taşqi işlar vazirligi 29 aprel kuni Rossiya elçisi Semyon Grigorevga nota topşirdi.
Vazirlik axborotiga köra, notada Rossiya hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan ommaviy tarzda keskin salbiy munosabatlar kuzatilayotgani, şuningdek, ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol etilayotganidan jiddiy taşviş bildirilgan.
Hujjatda, şuningdek, bunday xatti-harakatlar faqatgina Tojikiston fuqarolariga nisbatan bölayotgani, bu esa Tojikiston–Rossiya munosabatlarining ruhi va an’analariga mos emasligi ta’kidlangan.
Avvalroq Tojikiston öz fuqarolarini “öta zarurat bölmasa” Rossiyaga bormaslikka çaqirgan edi.
Bundan oldin rasmiy Duşanbe tojikistonliklarni Rossiya hududiga kiritmaslik bilan boğliq holatlar bir neça haftadan buyon ommaviy ravişda davom etayotganini bildirgan.
Tojikiston TIVning 28 apreldagi xabariga köra, Moskvadagi aeroportlarda mingga yaqin Tojikiston fuqarolari uşlanib qolgan, ular orasida Rossiya hukumatining grantlari asosida öqişga kelgan talabalar ham bor. Bayonotda aytilişiça, “bunday çeklov çoralari faqatgina Tojikiston fuqarolariga nisbatan” qöllanilmoqda.
Rossiyada Tojikiston fuqarolariga nisbatan çeklovlar Moskva viloyatidagi “Krokus Siti Holl” konsert zalida röy bergan teraktdan keyin kuzatila boşlangan edi. 140 dan ortiq inson halok bölgan hodisadan keyin Rossiyada migrantlarga qarşi çeklovlar kiritiş masalasi faol muhokama qilina boşlandi.














