Moskva şahridagi aeroportlarda Tojikistonning mingdan ortiq fuqarosi Rossiyaga kiritilmasdan uşlab turilibdi, deya ma’lum qilgan respublika taşqi işlar vazirligi. Idora ma’lumotiga köra, Moskvadagi Vnukovo aeroportining vaqtinça saqlaş zonasida 27 aprel kuni keçqurun holatiga Tojikistonning 954 nafar fuqarosi «tegişli sanitar şaroitlar ta’minlanmagan» holatda uşlab turilgandi. Ular orasida RF hukumatining ta’lim kvotalari böyiça Rossiya hududiga öqişga kelgan talabalar ham bor. Yana önlab tojikistonliklar Jukovskiy, Domodedovo va Şeremetevo aeroportlarida qolib ketgan.
Tojikiston TIV ma’lumotiga köra, «köp soatlik kutişlar»dan keyin Vnukovoda turgan 322 nafar tojikistonlik RF hududiga kiritilgan, şu bilan birga, Rossiya hukumati «306 kişini çiqarib yuboriladiganlar röyxatiga kiritmoqçi». 27 kişi allaqaçon deportatsiya qilingan. «Bunday çeklov çoralari faqat Tojikiston fuqarolariga nisbatan qöllanmoqda», — deyiladi TIV bayonotida. 27 aprel kuni keçqurun Tojikiston TIV şoşilinç tavsiyanoma e’lon qilib, mamlakat fuqarolarini «öta zarur bölmagan holatlarda Rossiya hududiga barça transport vositalarida safar qilişdan vaqtinça tiyilib turiş»ga çaqirgandi.
26 aprel kuni Tojikiston TIVda rossiyaliklar elçisi Semyon Grigorev bilan uçraşuv ötkazilgan. Vazirlik xabariga köra, uçraşuvda boşqa masalalar qatori Tojikiston fuqarolari sönggi haftalarda Rossiya davlat çegarasini kesib ötişda uçrayotgan «qiyinçiliklar» ham muhokama etilgan. Rossiya elçisiga Tojikiston fuqarolariga RFga kiriş yoppasiga va asossiz rad etilayotganidan «xavotir» bildirilgan. 29 aprel kuni TIV elçiga Rossiya hududida Tojikiston fuqarolariga nisbatan «ommaviy tarzda keskin salbiy munosabatlar kuzatilayotgani», şuningdek, «ularning huquq va erkinliklari keng miqyosda poymol etilayotgani» tufayli nota topşirilganini ma’lum qildi.
«Ozodlik radiosi»ning Tojikistondagi bölimi hisoblangan «Ozodi radiosi» xabar berişiça, 26 aprel kuni Tojikistonning bir neça fuqarosi ularni uç kundan buyon Vnukovoda uşlab turişgani va Rossiya hududiga ötkazmayotganini aytib bergan. Ular aeroportda 500 nafar atrofidagi vatandoşlari taşqariga çiqa olmayotganini bildirişgan.














