Davlat xavfsizlik xizmati, «Özenergoinspeksiya» va Iqtisodiy jinoyatlarga qarşi kuraşiş departamenti hamkorligida Toşkent viloyatida joriy yilning birinçi çoragida ötkazilgan nazorat tadbirlari davomida kripto-aktiv va mayning faoliyati böyiça 17 ta holat aniqlangan. Bu haqda «Özenergoinspeksiya» xabar berdi.

Qayd qilinişiça, mayning-fermalar tomonidan elektr energiyasidan noqonuniy foydalaniş oqibatida davlat manfaatlariga 16 mlrd 553 mln söm zarar yetkazilgan.

Misol uçun, Parkent tumanida istiqomat qiluvçi fuqaroga qaraşli dala hovlida mayning qurilmalarni özboşimçalik bilan elektr tarmoğiga ulanişi oqibatida davlat manfaatlariga 3 mlrd 476 mln söm miqdorida zarar yetkazilgan.

Yangiyöl şahrida istiqomat qiluvçi fuqaro ham heç qanday ruxsatnomasiz mayning faoliyati bilan şuğullanib, 1 mlrd 19 mln sömlik elektr energiyasini talon-toroj qilgan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegişli moddalari asosan tergov harakatlariga ötkazilmoqda.