Britaniyada Ruandaga olib ketilişi lozim bölgan birinçi noqonuniy muhojirlar qölga olingani haqida 1 may, çorşanba kuni Londondagi Içki işlar vazirligi ma’lum qildi. Idora uşbu harakatni rejadagi «yana bir muhim bosqiç» deb atadi, unga köra mamlakatga noqonuniy yöllar bilan kirgan muhojirlar bundan buyon Ruandaga çiqarib yuboriladi.

Britaniya Içki işlar vazirligi bayonotida aytilişiça, mamlakat böylab noqonuniy muhojirlarni qölga oliş uçun reydlar ötkazilmoqda. Vazirlik qöllari kişanlangan odamlarni maşinalarga ötqazilayotgani aks etgan suratlar va videolarni e’lon qildi. Içki işlar vaziri Jyeyms Kleverli uning departamenti «Ruandaga parvozlar boşlanişi uçun bu yerda bölişga haqqi yöqlarni tezda qölga oliş» ustida iş olib borayotganini aytdi.

Boşpana sörovlarini körib çiqmasdan çiqarib yuboriş

Britaniya bundan buyon Ruandaga noqonuniy ravişda kelgan barça muhojirlarni, kelib çiqiş mamlakatidan qat’i nazar, ularning boşpana sörovlarini körib çiqmasdan çiqarib yuborişni rejalaştirmoqda. Şu maqsadda Ruanda xavfsiz uçinçi davlat deb e’lon qilindi. Umuman olganda, Britaniya rasmiylari yil oxirigaça Ruandaga 5700 nafar noqonuniy muhojirni deportatsiya qilişni rejalaştirmoqda.

Yangi modelga köra, boşpana söraş da’volari bundan buyon Ruanda hukumati tomonidan Kigali şahrida körib çiqiladi. Agar ariza ma’qullansa, migrant Ruandada yaşaş huquqiga ega böladi va Britaniyaga qaytib kela olmaydi. Britaniya hukumati deportatsiyani iyulgaça boşlaşni rejalaştirmoqda.

Yangi modelning töxtatuvçi ta’siri

London yangi qoidalar Britaniyaga noqonuniy kirişni xohlovçi muhojirlarga nisbatan töxtatuvçi ta’sir körsatişiga umid qilmoqda. Rasmiy statistik ma’lumotlarga köra, 2022 yil yanvaridan 2023 yilning iyunigaça 57 mingdan ortiq kişi kiçik qayiqlarda La-Manş orqali Britaniyaga ötgan. Joriy yilning dastlabki tört oyida Britaniyaga uşbu usul yordamida 7200 dan ortiq kişi kirib keldi.

29 aprel kuni Britaniyada rad etilgan birinçi qoçqin mamlakatdan Ruanda tomon çiqarib yuborildi.

Inson huquqlari taşkilotlari va BMT Britaniya rasmiylarining muhojirlarni Ruandaga çiqarib yuboriş böyiça harakatlarini xalqaro huquq buzilişi deb hisoblaydi.