Aprel oyida Ukraina rekord hajmdagi mahsulotlarni eksport qildi: eksport 13 million tonnadan ortiqni taşkil etib, 2022 yil fevral oyidagi körsatkiçlardan oşib ketdi. Bu haqda Ukraina boş vazirining birinçi örinbosari va iqtisodiyot vaziri Yuliya Sviridenko 1 may, çorşanba kuni mamlakat ijroiya hokimiyati veb-portalida ma’lum qildi va aprel oyida eksport hajmi 3,3 milliard dollarga (3 milliard yevrodan ortiq) yetganini bildirdi.
Hujjatda qayd etilişiça, Ukraina uruşdan oldingi eksport darajasiga yetgan. «Bu mart oyiga nisbatan 1,3 million tonnaga köp», dedi Sviridenko. Vazirning aniqlik kiritişiça, Rossiya agressiyasiga qaramay, mamlakat «eksport hajmini, birinçi navbatda, xomaşyoni köpaytiriş böyiça işlarni davom ettirmoqda». Iqtisodiyot vazirligi rahbarining sözlariga köra, eksport körsatkiçlari ösişiga 2023 yil yozida Ukrainaga, xususan, don va metall eksport qiliş imkonini beruvçi muqobil dengiz yölagi oçilişi ham ta’sir körsatdi.
Ukraina va Britaniya örtasidagi qöşma dastur
Hujjatda qayd etilişiça, 1 mart kuni Londonda Yuliya Sviridenko boşçiligidagi Ukraina delegatsiyasining Britaniyaga taşrifi doirasida Marsh McLennan suğurta kompaniyasi va Lloyd's of London kompaniyasi tomonidan amalga oşirilayotgan UNITY arzon kema suğurtasi dasturini kengaytiriş böyiça London suğurta platformasi haqida e’lon qilindi.
Dastur nafaqat don va boşqa muhim oziq-ovqat mahsulotlarini dengiz orqali taşişni, balki barça noharbiy yuklarni, şu jumladan metall taşuvçi kemalarni ham suğurta qilişi mumkin. Bundan taşqari, konteyner taşiş uçun suğurta mavjud, deyiladi matnda.
Ukrainadan uruş şaroitida eksport qiliş
Ukraina OAVning ta’kidlaşiça, mamlakat eksportiga birinçi navbatda Moldova va Ruminiya bilan «birdamlik liniyalari» salohiyatining kengayişi, şuningdek, yuklarni temiryöl orqali Dunay portlariga taşiş uçun yaxşilangan şartlar ijobiy ta’sir körsatdi.
Ukrainaning BMTdagi doimiy vakili Sergey Kislitsa yaqinda xabar qilganidek, Rossiya Qora dengizdagi «don kelişuvi»dan çiqqanidan keyin Ukraina şeriklari bilan yaratgan vaqtinçalik dengiz yölidan 1300 ta kema foydalangan. Hatto şunday oğir şaroitlarda ham Ukraina qişloq xöjaligi mahsulotlari 40 mamlakatga yetkazib berilyapti. 2024 yil fevralida Ukraina vaqtinçalik dengiz yölagi orqali öşa paytdagi rekord daraja - 8 million tonna yukni eksport qildi, deya aniqlik kiritmoqda OAV öz manbalariga tayanib.












