Namangan şahri Davlatobod tumani hokimi Anvarjon Tojimirzayev tuman markazidagi Kamolot köçasini xizmat va servis körsatiş köçasiga aylantiriş böyiça boşlangan işlar bilan tanişgan. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar bermoqda.


Loyiha takliflaridan körinadiki, elektr tarmoği himoya zonasida qator savdo va xizmat körsatiş şoxobçalarini, bolalar komplekslarini quriş rejalaştirilgan. Xabarda bundan maqsad yangi iş örinlari yaratiş, mahalliy aholiga daromad keltiriş va hududning umumiy infratuzilmasini yaxşilaş ekani aytilgan.


Davlatobod tumanining qoq markazida joylaşgan bu hudud 2023 yilning mart oyida lotlarga bölingan holda Soliq qömitasi buyurtmaçiligida auksion savdolariga çiqarilgan.
Biroq Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 26 dekabrdagi tegişli qarori bilan tasdiqlangan Elektr tarmoği xöjaligi obektlarini muhofaza qiliş qoidalariga köra, yuqori kuçlanişli elektr energiyasi tarmoği muhofaza zonasida quriliş işlarini amalga oşiriş taqiqlangan.
Xususan, elektr uzatiş havo liniyalarining muhofaza zonasida bolalar va sport maydonçalarini, stadionlarni, bozorlarni, savdo şoxobçalarini, dala şiyponlarini, mollar uçun qöralarni, har qanday turdagi maşina va mexanizmlar uçun garajlar va turar joylarni joylaştiriş, örnatilgan tartibda ruxsat etilgan işlarni bajariş bilan boğliq bölmagan köplab odamlar yiğilişi bilan boğliq bölgan har qanday tadbirlarni ötkaziş












