«Töqimaçilik va tikuv-trikotaj sanoatini rivojlantirişni yangi bosqiçga olib çiqiş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni qabul qilindi. 

Farmonga muvofiq, töqimaçilik mahsulotlari işlab çiqariş uçun zarur bölgan va respublikada işlab çiqarilmaydigan, belgilangan röyxat böyiça import qilinadigan xomaşyo va boşqa materiallar, butlovçilar va ehtiyot qismlar 2027 yil 1 yanvargaça bojxona bojidan ozod qilinadi. 

2024 yil 1 maydan 2026 yil 1 maygaça «A» va undan yuqori toifadagi töqimaçilik va tikuv-trikotaj yönalişidagi tadbirkorlarda soliq tekşiruvlari ötkazilmaydi (jinoiy işlar doirasida ötkaziladigan tekşiruvlar bundan mustasno), şuningdek, QQS summasi örnini qoplaş (qaytariş) 1 kun muddatda tekşiruvlarsiz amalga oşiriladi. 

Toşkent şahrida va bosqiçma-bosqiç hudud markazlaridagi yirik savdo komplekslarida «Özbekistonda işlab çiqarilgan» (Made in Uzbekistan) brendi ostida milliy mahsulotlar dökonlari taşkil qilinadi. 

Farmonga köra, gazlama, trikotaj mato işlab çiqariş va böyaş hajmini oşiriş uçun infratuzilmaviy va moliyaviy şart-şaroitlar yaratiş orqali ip-kalavani qayta işlaş darajasi 2027 yil yakunigaça bosqiçma-bosqiç 100 foizga olib çiqiladi. 

Respublikani «töqimaçilik xabi»ga aylantiriş va kamida xalqaro darajada tan olingan 10 ta mahalliy brendlarni yaratiş ustidagi işlar manzilli taşkil etiladi. 

2026 yil 1 yanvargaça töqimaçilik sanoat zonalari direksiyalari va ularda taşkil etiladigan korxonalar mol-mulk soliği, yer soliği va suv resurslaridan foydalanganlik uçun soliqdan ozod etiladi.