Reyd davomida muzqaymoq mahsulotlarining gigiyenik sertifikati yöqligi, ularni sotişda sanitariya qoidalariga rioya etilmayotgani aniqlangan, sotuvçilarga muzqaymoqni notöğri tarzda sotiş oqibatida kelib çiqişi mumkin bölgan xavflar töğrisida tuşuntiriş berilgan. Bu haqda muxbiri reydga hamrohlik qilgan “Milliy” telekanali xabar berdi.
“Nega erigan muzqaymoqni sotyapsiz? Sut va sut mahsulotlari sovutkiçda saqlanişi kerak. Buniz qaçon işlab çiqarilgan, qanaqa haroratda qaçongaça saqlaş mumkin – özingiz ham javob berolmaysiz. Umuman sanitariya-gigiyena jihatdan talabga javob bermaydi”, – degan muzqaymoq sotuvçilardan biri bilan suhbatda boşqarma axborot xizmati rahbari Jonibek Odiljonov.
“Siz muzqaymoqqa javob beryapsiz, lekin idişiga, qoşiqlarining sanitariya holatiga javob berolmaysiz. Sanitariya holati – nol! Saqlaş, taşiş, kiyiniş madaniyati yöq. Olib borib, brakiraj qilinadi”, – deya ta’kidlagan Sanepidqöm Mirobod tuman bölimi mudiri Dilnoza Ahmedova.

“Formangiz qani, soğligingiz haqidagi tibbiy körigingiz qani?” – degan u boşqa bir sotuvçi bilan suhbatda. Mas’ulning sözlariga köra, muzqaymoq sotuvçi maxsus xalat kiygan holda faoliyat yuritişi kerak.
Ahmedova reyd davomida muzqaymoqlardan namuna olib, bakteriologik tahlilga yuboriş böyiça topşiriq bergan. Gigiyenik sertifikati yöqligi aytilgan sotuvçilardan birining mahsuloti esa yöq qilinişi aytilgan.
“Masalan, köpçilik muzqaymoq yeganda tomoğim oğrib qoldi deydi. Analiz qilganda stafilakokk çiqadi. Stafilakokk degan bakteriya bor, tomoqni yalliğlantiradi. Muzqaymoq sal erib, tarkibini yöqotdimi, mana bu haroratda bijğiydi, zaharlanişga olib kelişi mumkin. Ertaga kimdir zaharlanib qolsa boşingiz bilan javob berişingizni bilasizmi?” – degan Jonibek Odiljonov qutisidan erigan holdagi muzqaymoq topilgan sotuvçi bilan suhbatda.
Lavhada olib qöyilgan muzqaymoqlar kanalizatsiyaga oqizib yuborilganini köriş mumkin.













