Prezident Şavkat Mirziyoyev 3 may kuni ijtimoiy xizmatlar tizimini yanada takomillaştirişga oid takliflar taqdimoti bilan tanişdi. 

Yiğilişda xodimlari sonining kamida 50 foizi nogironligi bor şaxslardan iborat bölgan barça taşkilotlar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlarning mahsulotlarini davlat buyurtmasi böyiça töğridan-töğri şartnoma asosida xarid qilişga ruxsat beriş taklif etilgan. Buning natijasida 3 mingga yaqin tadbirkor tomonidan qöşimça 20 mingga yaqin nogironligi bölgan şaxslarni iş bilan ta’minlaş imkoni yaratiladi. 

Özbekistonda tazyiq va zöravonlikka uçragan ayollarga mahalla darajasida körsatiladigan xizmatlar yöq. Tuman darajasidagi amaliy yordam sifati ham yuqori emas. Şu bois zöravonlik holatlarida ijtimoiy xizmatlar körsatişning 3 bosqiçli yangi tizimini joriy etiş taklif qilinmoqda. Unga köra, mahalla darajasida  ijtimoiy xodim, profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli tomonidan tazyiq holati örganilib, doimiy kuzatib boriladi. Tuman miqyosida «Inson» markazlarida himoya orderi talab qilmasdan psixologik, huquqiy va boşqa turdagi ijtimoiy xizmatlar körsatiladi. Şifoxonalarning şoşilinç bölimlarida birlamçi kömak xonalari taşkil etiladi. 

Viloyat darajasida reabilitatsiya markazlarida ariza talab etmagan holda ijtimoiy xizmatlar körsatiş şartnomasiga muvofiq 6 oygaça boşpana va çuqur reabilitatsiya qiliş uçun psixologik va huquqiy xizmatlar körsatiladi. 

Bundan taşqari, ta’lim va mehnat munosabatlarida zöravonlikning oldini oliş çoralari ham köriladi. Bunda himoya orderini beriş bilan bir vaqtda zöravonni «tuzatiş» dasturi işlab çiqiladi va «Inson» markazi bilan kelişgan holda amalga oşiriladi. Içki işlar organlari tomonidan zöravonlarning reyestrini yuritiş tartibi joriy etiladi. 

Zöravonlikka uçragan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar standarti işlab çiqiladi. Bu sohada nodavlat notijorat taşkilotlari rivojlantiriladi. 

Davlat rahbari bu takliflarni ma’qullab, ularni manzilli yölga qöyiş, har bir ayol uçun munosib turmuş va mehnat şaroitlari yaratiş böyiça qöşimça körsatmalar berdi.