Xitoy tarixda birinçi marta Oyning orqa tomonidan tuproq namunalarini yiğib, ularni Yerga yetkazişi kerak bölgan «Çan’e-6» zondini muvaffaqiyatli uçirdi. 

Raketa Xitoyning Haynan orolidagi Vençan markazidan koinotga parvoz qildi. Xitoy telekanallari jarayonni translatsiya qildi. 

Rejaga köra, iyun oyi boşida vazni 8 tonnadan ortiq bölgan Xitoy zondi Oyning orqa tomonidagi Janubiy qutb - Eytken havzasida joylaşgan Apollon krateriga qönişi kerak. Şundan söng zond 2 kilogramm tuproq namunasini yiğadi va tahlil qiliş uçun Yerga qaytadi. Missiya 53 kun davom etişi kutilmoqda. 

Agar jarayon muvaffaqiyatli yakunlansa, Xitoy Oyning orqa tomonidan namuna olgan birinçi davlatga aylanadi, deb yozdi Reuters. 

«Çan’e-6», şuningdek, Xitoy va Rossiya boşçiligidagi Xalqaro Oy tadqiqot stansiyasini (ILRS) yaratiş böyiça uzoq muddatli loyihaning bir qismi hisoblanadi. Taxminlarga köra, stansiya koinotni çuqur tadqiq qiliş bazasiga aylanadi.