Ijtimoiy tarmoqlarda boğça tarbiyaçisi tomonidan bola kaltaklanib, qöliga igna tiqilgani töğrisida video tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olindi.

Aniqlanişiça, videodagi holat 2023 yilning noyabr oyida Gurlan tumani, 23-sonli boğçada sodir etilgan bölib, uşbu boğçada tarbiyaçi bölib işlovçi F.S. boğça tarbiyalanuvçilari M.X., T.Ş. (2018 yilda tuğilgan öğil bolalar)ning göyoki bir-biri bilan urişgani vaji bilan qöpol munosabatda bölgan va bolalar yuziga bir neça bor tarsaki tuşirgan. Bu holat videotasvirga tuşgan.

Mazkur holatni, şuningdek, bolaning qöliga igna tiqiş harakatini aniqlaş yuzasidan hozirda voqea yuzasidan Gurlan tumani IIB tomonidan tergovga qadar tekşiruv harakatlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan qöşimça ma’lumot berilişi aytilgan.