Rossiya harbiylari Xarkiv markaziga uçta aviatsiya bombasi bilan hujum uyuştirdi. Bu haqda 5 may, yakşanba kuni viloyat ma’muriyati rahbari Oleg Sinegubov özining Telegram-kanalida ma’lum qildi. 15 dan ortiq köp qavatli uylar, xususiy uylar, avtomobillar, işlamayotgan sport majmuasi, ma’muriy binolar zarar körgan. Viloyat prokuraturasi ma’lumotlariga köra, 15 kişi jabrlangan. Kamida tört nafar jabrlanuvçi şifoxonada.

Sinegubov, şuningdek, Xarkiv viloyatining Kupyansk tumanidagi bir qator qişloqlar öqqa tutilganini ma’lum qildi. Otişma natijasida 88 yoşli ayol halok böldi, kamida ikki kişi yaralandi. 

Xarkiv meri: Deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron qilingan 

Aprel oyining oxiridan beri rus qöşinlari Xarkivga deyarli har kuni boşqariladigan havo bombalarini taşlamoqda. Şahar meri Igor Terexov aytişiça, otişmalar natijasida şaharning deyarli butun energetika infratuzilmasi vayron bölgan. 

Bloomberg agentligiga köra, intensiv öqqa tutiş orqali Rossiya armiyasi Xarkivni tinç aholi yaşaşi uçun yaroqsiz holga keltirişga umid qilmoqda, şuningdek, şaharga hujum qilişga hozirlik körmoqda.