Yangilangan makroiqtisodiy prognozlarga köra, asosiy ssenariy böyiça joriy yildagi umumiy inflatsiya prognozi 9-11 foizgaça oşirildi. Bu haqda Markaziy bank tomonidan e’lon qilingan «2024 yilning I çoragi uçun pul-kredit siyosati şarhi»da ma’lum qilindi.
Makroiqtisodiy prognozlar
Yangilangan prognozlarga köra, 2024 yilda iqtisodiy ösiş 5,2-5,7 foiz atrofida bölişi kutilmoqda. Uşbu körsatkiç joriy yil yanvardagi hisob-kitoblarga (5,5-6 foiz) nisbatan pasaygan. Bu aholi va tadbirkorlik sub’yektlarining xarajatlaridagi tarkibiy özgarişlar hisobiga kelgusida iste’mol talabining ma’lum ma’noda maqbullaşişi bilan ifodalangan.

Taşqi savdo
Joriy yilning I çoragida eksportning (oltinsiz) ösiş dinamikasi asosiy ssenariy prognozlari doirasida şakllangan. Jahonda atom energetikasining roli ortib borayotganligi sababli uran qimmatlaşişi va Xitoy işlab çiqariş sektoridagi ijobiy tendensiyalar tufayli mis narxining ösişi joriy yilda oltinsiz eksport dinamikasini qöllab-quvvatlaşi mumkin.
Şu bilan birga, paxta narxi çorakning dastlabki oylaridagi keskin ösişidan söng ötgan yilgi qiymatlarga qaytgan bölsa, narxning keyingi trayektoriyasida yuqori noaniqlik saqlanib qolmoqda. Yuqoridagi omillar hisobiga jami eksport ösişi 9-12 foizni, oltinsiz eksport ösişi esa 12-14 foizni taşkil etişi prognoz qilingan.
Hisobot davrida importning ösiş sur’ati biroz pastroq şakllanib, uşbu pasayiş ötgan yilgi transport vositalari importi fonida yuzaga kelgan yuqori baza bilan izohlangan. I çorakda maşina va asbob-uskunalarsiz importning ösişi dinamikasi qariyb 8 foizni taşkil etgan. Joriy tendensiyalarni hisobga olgan holda import ösiş prognozi 10-12 foiz darajasida saqlanib qolişi kutilmoqda.
Pul ötkazmalari va mehnat bozori
Valuta kurslarida sezilarli tebranişlar kuzatilmagan taqdirda, pul ötkazmalari prognozi 2024 yil oxirigaça 12-12,5 mlrd dollar atrofida şakllanişi prognoz qilinyapti. Yanvar-mart oylarida transçegaraviy pul ötkazmalari ötgan yilning mos davriga nisbatan 8,6 foizga oşib, 2,5 mlrd dollarga yetgan.
Şu bilan birga, ayrim tartibga solinadigan narxlar va tariflarning erkinlaştirilişi va natijada inflatsiyaning tezlaşişi hisobga olinganda, aholi tasarrufidagi real daromadlar biroz pasayişi, ularning tarkibiy özgarişi va bunga mos ravişda şaxsiy iste’mol ma’lum darajada maqbullaşişi mumkin.


















