Sut mahsulotlarini işlab çiqariş böyiça Musaffo zavodi oçiq eşiklar kuni ketma-ketligini taşkil qildi. Kelgusida bunday tadbirlarga barça taşrif buyurişi mumkin böladi, hozirça esa – buning qanday bölgani haqida hikoya qilamiz.

“Uşbu tadbirning asosiy maqsadi – iste’molçiga zavod xalqaro standartlarga muvofiq hamda “Halol” mahsulot bilan işlaşning barça tamoyillariga rioya qilgan holda faoliyat yuritişini öz közi bilan köriş imkonini berişdan iborat”, - deya qayd etdi Milk House kompaniyasi va Musaffo brendining marketing böyiça direktori Asel Satenova.

Zavod içkarisidagi birinçi taşrif hududi sutni qabul qiliş punkti bölib, bu yerda sut qonunçilik me’yorlari hamda kompaniyaning içki mezon va talablariga muvofiqlik yuzasidan sifat nazoratidan ötkaziladi. Ta’kidlaş zarurki, tarkibida antibiotiklar mavjud sut işlab çiqarişga qabul qilinmaydi. Ya’ni antibiotiklar bilan davolangan sigirlarning suti vaqtinça iste’mol uçun yaroqsiz hisoblanadi. Buni şunçaki köriş yoki sutning hidi orqali aniqlaş mumkin emas, şu bois bunday tahlillar faqat laboratoriyada ötkaziladi. Antibiotiklar aniqlangan taqdirda, kompaniya butun partiyani qaytaradi. Qabul-apparat sexi yiliga 365 kun davomida haftasiga 24 soat işlaydi.

Söngra mehmonlar laboratoriyaga yöl oldilar va bu yerda ularga xomaşyo, materiallar va tayyor mahsulotning fizik-kimyoviy hamda mikrobiologik nazorati haqida sözlab berildi. Aynan şu yerda “Halol” sertifikati va FSSC 22000 xalqaro standartlariga muvofiqlik haqida aytib ötildi.

Laboratoriya faoliyati ham xuddi qabul-apparat sexidagi kabi töxtovsiz davom etadi. Mahsulot yuqori sifatga erişiş maqsadida işlab çiqarişning barça bosqiçlarida nazorat qilinadi. Ya’ni operatorlar har bir işlab çiqariş uçastkasidan muntazam ravişda namunalarni olib keladi. Bundan taşqari, işlab çiqariş doirasida foydalaniladigan qadoqlaş materiali va xomaşyosi ham nazoratdan ötkaziladi. Masalan, sut örami köp sonli testlar, jumladan elektrolitli, siyohli, çoklar sifati, öramning qatlamlanişi böyiça sinovlaridan ötadi. Şuningdek, laboratoriya mikrobiologlari qöllar yuvilişi hamda iş uskunalari va jihozlari yuvilişidan namuna oliş orqali xodimlarning sanitar holatini nazorat qiladi.

Navbatdagi bosqiçda işlab çiqariş sexiga taşrif uyuştirildi. Bu yerda protsessing, quyiş hududi, qadoqlaş uçastkalari mavjud.