Özbekistonda "Toşkent mozaikalari" maxsus mobil ilovasi işga tuşirildi.
Uzbektourism.uz ma’lumotiga köra, ilova foydalanuvçilarga "Kaleydoskop" funksiyasi va kengaytirilgan reallik bilan töldirilgan AR filtrlari yordamida Toşkentdagi modernizm dizayni asosida barpo etilgan obektlar mozaikalari bilan tanişiş imkonini beradi.
Funksiyadan smartfon kamerasini joyida obektga yönaltiriş orqali foydalaniş mumkin.
"Toşkent mozaikalari" onlayn katalogida 334 mozaika haqida fotosuratlar, joylaşgan joyi va ular haqidagi ma’lumotlar mavjud.
Bugun mozaikalar Toşkentning rasman madaniy meros obekti sifatida tan olingan. Ilovaning işga tuşirilişi Özbekistonda sayyohlik salohiyatini rivojlantirişga xizmat qiladi, şuningdek, mamlakat aholisi va sayyohlar uçun mozaikani saqlab qolişga yordam beradi.
Ilovani Google Play, App Store, AppGallery platformalari orqali yuklab oliş mumkin.













