Özbekistonda uy-joylar qurişga jismoniy va yuridik şaxslarning pul mablağlarini jalb qilişning zamonaviy mexanizmini joriy etiş rejalaştirilmoqda. Bu – 30 aprel kuni imzolangan prezident farmonida belgilandi.

Farmonga köra, 2024 yil may oyida quyidagilarni nazarda tutuvçi normativ-huquqiy hujjat loyihasi Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi kerak:

  • “Şaffof quriliş” axborot tizimida uy-joylar qurişga jismoniy va yuridik şaxslarning pul mablağlarini jalb qiluvçi pudrat taşkilotlarining elektron röyxatini yuritiş;
  • elektron röyxatdan ötmasdan uluş kiritiş asosida köp qavatli uy-joylar qurişni boşlagan pudrat taşkilotlariga nisbatan javobgarlik çoralarini belgilaş;
  • uluş kiritiş asosida uy-joylar qurilişini monitoring qiliş tartibini belgilaş;
  • uluş kiritiş asosida köp qavatli uy-joylarni qurişda iştirok etiş töğrisidagi şartnomalarni majburiy ravişda notarial tasdiqlaş tartibini joriy qiliş.

Hujjatga asosan, köp qavatli uy-joylarni quriş huquqi “Şaffof quriliş” axborot tizimidagi elektron reyting bahosi “C” va “CC” bölgan quriliş taşkilotlariga ham beriladi.

Bunda elektron reyting bahosi “C” bölgan taşkilotlarga 9 qavatdan yuqori bölmagan uy-joylarni qurişga ruxsat etiladi.

Qurilişning belgilangan muddatlarini keçiktiriş pudrat taşkilotining reytingini pasaytiruvçi omillar qatoriga qöşiladi.

Farmon asosida, 2024 yilda 4000 nafar fuqarolarning alohida toifalari (harbiy xizmatçilar)ni uy-joy bilan ta’minlaş böyiça dastur işlab çiqiladi. Dastur 2024 yil iyul oyida tasdiqlaş uçun Vazirlar Mahkamasiga kiritilişi közda tutilgan.