Ukraina Oliy radasi ayrim toifadagi mahbuslarga Ukraina Qurolli kuçlari safiga ixtiyoriy ravişda safarbar bölişga ruxsat berdi. 8 may, çorşanba kuni u sudlanganlarning ayrimlarini ixtiyoriy safarbar etişga ruxsat beruvçi qonun loyihasini ikkinçi öqişda qabul qildi. Hujjat uçun 279 deputat ovoz berdi.
Ukraina milliy xavfsizligi asoslariga qarşi jinoyatlar, qasddan odam öldiriş, şuningdek, zörlaş va pedofiliya jinoyati uçun qamoq jazosiga hukm qilingan mahkumlarga jangovar harakatlarda qatnaşişga yöl qöyilmaydi. Bundan taşqari, poraxör amaldorlar va öta mas’uliyatli lavozimlarda işlagan mahkumlar, xususan, deputatlar va vazirlar Ukraina Qurolli kuçlari safiga qöşila olmaydi, dedi Oliy rada vakili Yelena Şulyak.
Jazo muddati tugaşiga uç yildan kamroq vaqt qolgan bölişi kerak
Uning sözlariga köra, mahbuslarni Ukraina Qurolli kuçlari safiga safarbar qiliş uçun ularning jazo muddati tugaşiga uç yildan kamroq vaqt qolgan bölişi kerak. «Qamoqxonada uzoqroq qoladigan mahbuslar, ayniqsa umrbod qamoq jazosiga hukm qilinganlar, körib çiqiş huquqisiz darhol rad etiladi», - deya ta’kidladi Şulyak.
Harbiy holat davrida harbiy xizmatni şartnoma böyiça ötaş uçun mahkumlarni şartli ravişda ozod qiliş imkoniyatini közda tutuvçi qonun loyihasi aprel oyi boşida birinçi öqişda qabul qilingan edi.
Hujjatda harbiy xizmatni ötaşdan şartli ravişda ozod qiliş töğrisidagi qaror sud tomonidan qabul qilinişi va bunday ozod etilgan şaxslar harbiy qismlarning ixtisoslaştirilgan bölinmalariga yetkazilgandan söng ular ma’muriy nazoratga olinişi nazarda tutilgan. Bundan taşqari, sobiq mahkumlarning harbiy xizmatdan böyin tovlagani uçun javobgarlik 5 yildan 8 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş tarzida belgilanadi.













