Rossiya elçixonasi joylaşgan Parijning 16-okrugi deputatlari tumandagi köçalardan biriga Aleksey Navalniy nomini beriş taklifini bir ovozdan ma’qulladi. Bu haqda ularning özi 7 may kuni X ijtimoiy tarmoğida ma’lum qildi. 

Marhum rossiyalik muxolifatçi nomi 16-okrugdagi qaysi köçaga berilişi haqida ma’lumot taqdim etilmagan. Dastlab senator Frensis Spinerning taklifi Şantmes şohköçasiga tegişli edi. U Rossiya diplomatik vakolatxonasi joylaşgan Lan şohköçasi bilan kesişadi. Şu ikki şohköçaning bir çekkasida Spiner Navalniy xotirasiga art-obekt örnatişni ham taklif qildi. 

Biroq, taklifni tezroq qabul qiliş uçun ovoz berişdan oldin uning matniga tuzatişlar kiritildi, dedi deputatlardan biri Jyuli Boyo ijtimoiy tarmoqda. Şu bilan birga, uning sözlariga köra, deputatlar Şantmes şohköçasining nomini özgartiriş ğoyasidan voz keçmagan. «Asosiysi, biz A.Navalniy xotirasini hurmat qilamiz», - dedi Boyo. 

Berlinda ham köçalardan biriga Navalniy nomi berilişi mumkin

Rossiyalik muxolifatçining Yamal koloniyasida vafot etgani haqidagi xabardan köp ötmay, Germaniyaning ikkita jamoat taşkiloti - Demokrati-JA («Demokratiyaga «Ha») taşabbusi va Zukunft Berlin («Berlin kelajagi») jamğarmasi Germaniya poytaxtidagi köçalardan birini Aleksey Navalniy şarafiga qayta nomlaş taklifi bilan çiqdi. 

Şu maqsadda, xususan, Berlin markazida Rossiya konsulligi joylaşgan Berenştrasse (Behrenstrasse) köçasining bir qismi taklif qilinmoqda. 17 aprel kuni Yuliya Navalnaya va Mixail Xodorkovskiy iştirok etgan uruşga qarşi mitingda faollar u yerda Aleksej-Nawalny-Straße («Aleksey Navalniy köçasi») yozuvi tuşirilgan qölbola belgi örnatdilar.

Hamburg, Haaga, Vilnyus va Yevropaning boşqa şaharlaridagi köçalarga Navalniy nomini beriş takliflari ham bölgan.