Içki işlar vaziri general-leytenant Pölat Bobojonov iştirokida Buxoro viloyatida jamoat xavfsizligini hamda kriminogen vaziyatni barqarorligini ta’minlaş masalalariga oid tezkor yiğiliş ötkazildi.

Tadbir jarayonida Buxoro viloyatida oila-turmuş munosabatlari doirasida, şuningdek, yoşlar, ayollar tomonidan hamda işsizlik oqibatida sodir etilişi mumkin bölgan jinoyatlarning oldini oliş hamda bu borada mahallalarda şakllantirilgan yettilikning hamkorlik masalalari tanqid qilindi, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan oğir mahallalarda sektor rahbarlari, mahalla raislari, mahalladagi hokim yordamçilari, yoşlar yetakçilari va xotin-qizlar faollari tomonidan fuqarolarni qabul qiliş va ularning muammolarini hal etiş vazifalarga jiddiy e’tibor qaratiş zarurligi tuşuntirildi.

Yiğilişda taşkiliy masala körildi. Içki işlar vazirining buyruği bilan Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimiga podpolkovnik Ikromjon Tursunov tayinlandi.

Ikromjon Tursunov bundan oldin Surxondaryo viloyati IIB boşliğining birinçi örinbosari lavozimida xizmat qilgan.

Ma’lumot uçun, 2023 yil fevralidan buyon Buxoro viloyati Içki işlar boşqarmasi boşliği lavozimida Mirjamol Miralimov işlab kelayotgandi.