Samarqand va Jizzax viloyatlarida ikkita şamol elektr stansiyasini quriş böyiça investitsiya şartnomalari tasdiqlandi. Bu haqda 7 may kuni qabul qilingan prezident qarorida keltirilgan.
Uşbu loyihalarning pudratçilari sifatida Universal Energy’ning şöba korxonalari Peak Wind Alpha va Peak Wind Beta MÇJlar körsatilgan. Majburiyatlar bajarilişi uçun 9 mln dollarlik bank kafolati közda tutilgan.
Har bir loyiha doirasida 250 MW quvvatga ega şamol elektr stansiyalari, elektr uzatiş liniyalari quriladi. Investor har bir loyihani amalga oşiriş uçun 250 million dollar ajratişi qayd etilgan.
«Özbekiston Milliy elektr tarmoqlari» uşbu şamol elektr stansiyalarida işlab çiqarilgan elektr energiyasini 25 yil davomida sotib oliş kafolotini olgan. Öz navbatida, elektr energiyasining qançadan sotib olinişiga aniqlik kiritilmagan.











