«Turkiston albomi» va «Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari» töplami YuNESKO «Jahon xotirasi» röyxatiga kiritildi. Bu haqda Madaniyat va san’atni rivojlantiriş jamğarmasi xabar berdi.

7–8 may kunlari Möğuliston poytaxti Ulan-Bator şahrida YuNESKO Osiyo va Tinç okeani havzasi böyiça Jahon xotirasi qömitasining 10-yiğilişi bölib ötdi. Unda YuNESKO işlari böyiça Özbekiston milliy komissiyasi körsatgan töplamlar Osiyo va Tinç okeani havzasining «Jahon xotirasi» röyxatiga kiritildi.

«Turkiston albomi» ilmiy va tarixiy ahamiyatga ega bölgan nodir fotosuratlar va rangli tasvirlarni öz içiga olgan hamda Özbekiston Milliy kutubxonasi fondlarida saqlanadi. U tarixiy, arxeologik, etnografik va hunarmandçilik bölimlaridan iborat.

«Xudoybergan Devonovning Xorazm vohasi fotosuratlari» albomi xivalik özbek fotograf-novatori, kinematografi, rejissyori va operatori Xudoybergan Devonov kolleksiyasini aks ettiradi. U Xorazm rivojlanişining turli davrlarini öz içiga oladi: Muhammad Rahimxon II, Feruz (1864−1910), Asfandiyorxonning (1910−1918) hukmronlik yillari, Xorazm Xalq Sovet Respublikasi (XXSR, 1920−1924) va ÖzSSR (1925−1937) taşkil topgan yillar.