Tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga ijtimoiy xizmatlar körsatişni takomillaştiriş böyiça prezident qarori qabul qilindi.

Mazkur qaror bilan tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan şaxslarga “oila – mahalla – tuman va hudud” tamoyili asosida kompleks ijtimoiy xizmatlar körsatiş tizimi joriy etiladi va joriy yilning 1 iyunidan:

tazyiq va zöravonlikdan jabrlangan yoki jabrlaniş xavfi ostida bölgan xotin-qizlarga himoya orderi talab etmagan holda ijtimoiy, psixologik va yuridik xizmatlar körsatiş tartibi joriy etiladi;

xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zöravonlik holati içki işlar organlari navbatçilik qismining “102” telefon raqamlariga kelib tuşgan murojaatlar asosida röyxatga olinadi;

tazyiq va zöravonlik holati yoki ularni sodir etiş xavfi aniqlangan paytdan e’tiboran 24 soat içida quyidagilar amalga oşiriladi:

xotin-qizlar faoli va mahalladagi profilaktika inspektori iştirokida tazyiq va zöravonlikni sodir etgan şaxs bilan suhbat ötkazilib, inspektor tomonidan himoya orderi rasmiylaştiriladi;

tazyiq va zöravonlikdan jabr körgan xotin-qizlar va ularning voyaga yetmagan farzandlari markaziy tuman (şahar) şifoxonalarining şoşilinç qabul bölimlariga joylaştiriladi;

rasmiylaştirilgan himoya orderlari va jabrlangan şaxslarga doir ma’lumotlar “Inson” markazlariga “Yagona milliy ijtimoiy himoya” axborot tizimi orqali yuboriladi.

Şuningdek, tazyiq ötkazgan va zöravonlik sodir etgan şaxslarning reyestri yuritiladi va tazyiqdan jabrlangan şaxslarga ruhiy inqiroz holatida birlamçi tibbiy xizmat körsatiş tizimini yölga qöyiş maqsadida, şoşilinç qabul bölimlarida tun-u kun işlaydigan birlamçi kömak xonalari taşkil etiladi.

2024 yil 1 iyundan Jizzax, Navoiy va Xorazm viloyatlarida, 2024 yil 1 oktyabrdan respublikaning qolgan barça hududlarida birlamçi kömak xonalari faoliyat boşlaydi. Ularda zöravonlikka duç kelgan xotin-qizlar va ularning farzandlari 3 sutkadan köp bölmagan muddatga joylaştiriladi. Ularga şoşilinç birinçi yordam, ruhiy, psixoterapevtik yordam körsatiladi, yuqumli kasalliklar mavjudligi töğrisida tahlillar ötkaziladi.

2024 yil 1 oktyabrdan himoya orderi berilgan har bir holatda tazyiq va zöravonlik sodir etgan yoki sodir etişga moyil bölgan şaxsning zöravonlik xulq-atvorini özgartiriş böyiça tuzatiş dasturi “Inson” markazlari bilan kelişilgan holda tasdiqlanadi;