Yiğilişda qayd qilinişiça, Özbekistonda kömir zaxiralari qariyb 2 milliard tonnani taşkil etadi. Kömir qazib oliş hajmi 2016 yilda 4 million tonnaga yaqin bölgan, 2023 yilda 6,5 million tonnadan oşgan. Investorlar jalb qilinişi natijasida 2023 yilda tadbirkorlar tomonidan 369 ming tonna kömir qazib çiqarilgan. 

Taqdimotda aytilişiça, bu yil kömir qazib çiqariş hajmi 8 million tonnaga yetkaziladi. Şundan 900 ming tonnasi tadbirkorlar tomonidan olinadi. «Şarğunkömir» aksiyadorlik jamiyatida yiliga 500 ming tonna kömirni boyitiş uskunasi işga tuşiriladi. 

Surxondaryo, Qaşqadaryo va Toşkent viloyatlaridagi törtta maydonda geologiya işlari olib borilmoqda va kelgusi yilda qazib çiqarişga yönaltiriladi. 

Şu bilan birga, ilğor xorijiy tajribani qöllagan holda kömir qatlamlarini baholaş va burğilaş işlari davom ettirilmoqda. Bularning natijasida 2025 yilda kömir qazib çiqariş hajmini 10 million tonnaga yetkaziş rejalaştirilgan. 

Mutasaddilarga sohada xalqaro standartlarni joriy etib, kömir sifatini oşiriş, investitsiya loyihalarini jadallaştiriş böyiça körsatmalar berildi.