Rossiya FVV Belgoroddagi ön qavatli uyning pod’yezdi xarobalari ostidan 15 kişining jasadi çiqarib olingani haqida xabar berdi. 13 may tongiga kelib Belgorodda qidiruv-qutqaruv amaliyoti va xarobalar tozalaş işlari yakunlangan.

«Qutqaruvçilar 17 kişini qutqarişga muvaffaq bölişdi. Afsuski, 15 kişi halok bölgan, ular xarobalar ostidan çiqarib olingan», — deyiladi vazirlik xabarida.

Bundan oldinroq qutqaruvçilar qurbonlar orasida ikki nafar bola ham borligini xabar qilişgandi.

Oblast gubernatori Vyaçeslav Gladkov öz telegram-kanalida uyda yaşovçilarning barçasi köçirilgani haqida ma’lum qilgan.

«Ularning bir qismi qarindoşlarinikiga yöl olişgan, qolgani otişmalardan xavfsiz bölgan hududdagi vaqtinça joylaştiriş markaziga olib borilgan. Tibbiyot xodimlari va psixologlar işlamoqda», — degan Gladkov.

Gubernator yakşanba tongida oblast markazi va atrofdagi hududlar Ukraina tomonidan yoppasiga öqqa tutilgani haqida yozgandi.

Uning sözlariga köra, snaryadlardan biri köp kvartirali turar joyga kelib tuşgan va jiddiy vayrongarçilikka sabab bölgan.

Rossiya mudofaa vazirligi esa Belgoroddagi turar joy urib tuşirilgan «Toçka-U» raketalaridan birining parçalari tuşişi oqibatida şikastlanganini ma’lum qilgan.

Rossiya axborot agentliklari operativ xizmatlarga tayangan holda portlaş oqibatida deyarli butun uy şikastlanganini yozişgan — Şçorsa köçasidagi ön qavatli panelli binoda 16 kvartira yöq bölib ketgan.

Qulaş joyi ikkinçi qavatga töğri kelgan. TASS ma’lumotiga köra, uyda jami 8 pod’yezdda 502 kvartira bölgan.

Belgorod yakşanba kuni takroriy öqqa tutilişi oqibatida yana tört kişi halok bölgan va beş kişi yaralangan. Şu tariqa bir kunlik qurbonlar soni 19 nafarga yetgan.

Uy qulaşi oqibatida jarohatlanganlar töğrisida nimalar ma’lum?

Rossiya soğliqni saqlaş vazirligi ma’lumotiga köra, Belgoroddagi köp qavatli uy pod’yezdi qulaşi va qutqaruv işlari vaqtida tom qulaşi oqibatida jami 27 kişi jarohatlangan, ular federal klinikaga yotqizilgan.

Gubernator Gladkov fuqarolardan şikastlangan uy atrofida töplanmaslikni sörab, bu yerda turiş xavfli ekanidan ogohlantirgan.