Özbekiston Markaziy banki 2024 yilning I çoragi böyiça köçmas mulk bozori şarhini e’lon qildi.
Bozordagi faollik
Tahlilçilarga köra, hisobot davrida respublikaning aksariyat hududlarida tuzilgan köçmas mulk oldi-sotdi şartnomalari soni oşgan. Toşkentda esa, aksinça, ötgan yilga nisbatan bitimlar soni 12 foizga kamaygan. Ötgan çorakdan boşlangan bu pasayişga qaramay, dinamika örta muddatli darajada şakllanmoqda.
Umuman olganda, bozor faolligi ötgan yilning örtalariga nisbatan biroz barqarorlaşgan bölsa-da, hali ham yuqoriligiça qolmoqda, deyiladi şarhda.
Ikkilamçi bozor
Qayd etilişiça, faollikning barqarorlaşuvi natijasida ikkilamçi bozorda narxlar ösişi sekinlaşgan.
2022 yil martidan 2023 yil martigaça ikkilamçi bozorda narxlar söm indeksi böyiça qariyb 26 foizga, dollar qiymatida esa qariyb 21 foizga oşgan bölsa, 2023 yilning martidan 2024 yil martigaça narxlar ösişi sömda 29,6 foiz, dollarda 17,7 foiz bölgan.
Poytaxtda yanvar-fevral oylarida ösiş sur’atlari ötgan yilgi darajada saqlanib qolgan bölsa, mart oyida taklif narxi biroz pasaygan.

Birlamçi bozor
Birlamçi bozorda ösiş sur’atlari yuqoriligiça saqlanib qolmoqda. Toşkent şahri, Toşkent viloyati va Farğona vodiysida ösiş sur’atlari tezlaşgan.
Mart oyida yillik hisobda birlamçi uylar narxlari söm indeksida 39 foizga, dollar körsatkiçida esa 26,2 foizga oşgan.





















