Boş prokuratura katta prokurori Laylo Fayzimurodovaga köra, Özbekistonda bolalarga jinsiy yoki soğligi bilan boğliq bölgan zöravonlik holatlarini sodir etib, javobgarlikka tortilgan şaxslar bolalar bilan işlaş huquqidan mahrum etiladi. IIV tomonidan bunday toifadagi şaxslar röyxati tuzilib, reyestri yuritiladi hamda Kambağallikni qisqartiriş va mehnat vazirligi bilan integratsiya qilinadi. Hozirda bu tartib loyihasi işlab çiqilgan.
AOKAda Boş prokuratura mutasaddilari iştirokida voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qiliş borasida amalga oşirilayotgan işlar yuzasidan matbuot anjumani bölib ötdi. Unda iştirok etgan Kun.uz jurnalisti mutasaddilarga bir neça savol bilan yuzlandi.
Kun.uz jurnalistining Özbekistonda pedofillar reyestri yuritilişi rejalaştirilayotgani yoki yöqligi borasidagi savoliga Boş prokuratura katta prokurori Laylo Fayzimurodova javob qaytardi. Unga köra, hozirda bunday tartib loyihasi işlab çiqilgan.
“Qozoğistonda pedofillar röyxati yuritiladi, bu tizim bor. Özbekistonning biror bir me’yoriy-huquqiy hujjatida “pedofil” degan termin belgilanmagan. Pedofiliya — kasallik, ekspertlar aynan pedofiliya kasalligi töğrisida taşxis qöyişi kerak. Qanday holatlar pedofiliya deb baholanişi töğrisida biror bir tartib mavjud emas bizda.
Lekin 2023 yil aprel oyida xotin-qizlar va bolalarni himoya qilişni nazarda tutuvçi qonun qabul qilingan. Mazkur qonun bilan bevosita «Bola huquqlarining kafolatlari töğrisida»gi qonunning 10-moddasiga özgartiriş kiritildi. Ya’ni aynan bolaga nisbatan jinsiy yoki soğligi bilan boğliq zöravonliklarni sodir etib, javobgar bölgan şaxs unga nisbatan mazkur toifadagi işlar tugatilgan, amnistiya akti qöllanişidan qat’i nazar bola bilan işlaş huquqidan mahrum etiladi. Hozirgi kunda mazkur holat böyiça Içki işlar vazirligida işlar olib borilyapti, tartib loyihasi işlab çiqilgan. IIV tomonidan bunday toifadagi şaxslar röyxati tuzilib, reyestri yuritiladi hamda Kambağallikni qisqartiriş va mehnat vazirligi bilan integratsiya qilinadi.
2021 yilda Vazirlar Mahkamasining “Bola himoyasi” yagona elektron dasturiy monitoring tizimini joriy etiş çora-tadbirlari töğrisida”gi qarori loyihasi işlab çiqilgandi. Mazkur qaror loyihasida Özbekistonda «Bola himoyasi» monitoring tizimini joriy etiş nazarda tutilgandi. Biroq mazkur tizimning taqdiri hozirça noma’lum.












