AQŞ davlat kotibi Entoni Blinken e’lon qilinmagan taşrif bilan Kiyevga keldi. U Polşadan tungi poyezdda 14 may seşanba kuni erta tongda yetib keldi. Bu uning Ukraina poytaxtiga Rossiyaning keng miqyosli hujumi boşlanganidan beri törtinçi taşrifi.

Zelenskiy va Kuleba bilan uçraşuvlar

Safar davomida Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy va taşqi işlar vaziri Dmitriy Kuleba bilan uçraşuvlar rejalaştirilgan. AQŞ Davlat departamenti rasmiy vakili Metyu Millerning sözlariga köra, muzokaralarda frontdagi vaziyat va AQŞ yangi xavfsizlik va iqtisodiy yordami ta’siri muhokama qilinadi. Boşqa narsalar qatorida gap AQŞning xavfsizlik böyiça uzoq muddatli majburiyatlari va Ukraina iqtisodiyotini tiklaş böyiça olib borilayotgan işlar haqida böladi, dedi Miller.

Bundan taşqari, Blinken davom etayotgan Rossiya harbiy harakatlari fonida AQŞning Ukraina suvereniteti, hududiy yaxlitligi va demokratiyasiga sodiqligini ta’kidlamoqçi. Uning ukrainaliklarga murojaati ham rejalaştirilgan. 

Ukrainaliklar uçun «kuçli signal»

Blinken bilan poyezdda bölgan AQŞ ma’muriyatining yuqori martabali amaldori jurnalistlarga safar «juda oğir ahvolda» qolgan ukrainaliklarga kuçli işonç signalini berişi kerak, dedi. Şu bilan birga, u Ukraina şarqidagi janglar va Rossiyaning Xarkivga hujumlariga işora qildi. 

Sönggi haftalarda Vaşington Ukrainani qöllab-quvvatlaş böyiça bir qança yangi majburiyatlar töğrisida e’lon qildi. Aprel oyida AQŞ Kongressi bir neça oylik muhokamalardan söng Kiyevga 61 milliard dollarlik harbiy yordam körsatişni ma’qullagan edi. Pentagon ma’lumotlariga köra, keng kölamli uruş boşlanganidan beri Qöşma Ştatlar Ukrainaga 50,6 milliard dollarlik harbiy yordam körsatgan.

Ayni paytda, Rossiya qöşinlari Xarkiv viloyatida hujumlarini sezilarli darajada kuçaytirdi va bir neçta aholi punktlarini egallab oldi. 13 may kuni Ukraina Qurolli kuçlari Boş ştabi Xarkiv yaqinida rus armiyasining taktik muvaffaqiyati haqida e’lon qildi.