Belgorodda 12 may kuni tuşdan keyin sodir bölgan 10 qavatli turar joy binosi kiriş qismining qulaşi oqibatida halok bölganlar soni 17 kişiga yetdi. Şçorsa köçasidagi vayronalar ostidan yana ikki kişining jasadi topildi — bu haqda 14 may, seşanba kuni Rossiya Favqulodda vaziyatlar vazirligi özining Telegram-kanalida ma’lum qildi.
Köp qavatli uyning bir qismi qulaşi oqibatida jabrlanganlar soni, avvalroq Favqulodda vaziyatlar vazirligi ma’lum qilganidek, 27 kişini taşkil etadi.
Tahlilçilar: Rossiya aviabombasi uyga tuşib ketgan bölişi mumkin
Rossiya Mudofaa vazirligiga köra, 12 may kuni Belgorodda kiriş qismi qulab tuşgan köp qavatli uyga Ukraina «Toçka-U» raketasi parçasi tuşgan. Conflict Intelligence Team Belgorodda kiriş qismi qulab tuşgan köp qavatli uyga Ukraina raketasi kelib urilgani haqidagi versiyani ehtimoldan uzoq deb hisoblaydi. Tahlilçilar fikriça, uyga Rossiya havo hujumidan mudofaa raketasi yoki aviabombasi tuşib ketgan.
Suriştiruvçilar Belgoroddan olingan foto- va videomateriallarni tahlil qilib, uyga şimoli-şarqdan zarba bölgan degan xulosaga kelişdi. Hujumning bu yönalişiga, jumladan, bino derazalari şimoli-şarqiy tomondan singani va qarama-qarşi tomon, ya’ni Ukrainaga qaragan qismi butun saqlanib qolgani dalolat beradi. «Ukrainaning «Toçka-U» raketasi havo hujumidan mudofaa raketasi ta’sirida trayektoriyasini uyning bu tomonidan zarba beradigan tarzda özgartirişi mumkinligi haqidagi versiya bizga ehtimoldan yiroq tuyulyapti», dedi CIT asosçisi.
Rossiya Xarkivga yaqinlaşmoqda
Ayni paytda, Rossiya Federatsiyasi Belgorod viloyati bilan çegaradoş Ukrainaning Xarkiv viloyatida sönggi kunlarda Rossiya armiyasi yangi hujumi davom etmoqda. Rossiya Mudofaa vazirligi bir neçta çegara qişloqlari qölga kiritilgani haqida xabar berdi, Ukraina Vovçansk şahri aholisini evakuatsiya qilmoqda. Xarkiv viloyati harbiy boşqarmasi boşliği Oleg Sinegubov Xarkivga quruqlikdagi operatsiyadan heç qanday tahdid yöqligini aytdi. Rossiya Qurolli kuçlari mintaqani jadal öqqa tutmoqda, qurbonlar bor.
Amerikaning Politico naşriga köra, Rossiya qöşinlari Xarkiv viloyatidagi hujumi uruş natijasi uçun buriliş nuqtasi bölişi mumkin bölgan hal qiluvçi jangning boşlanişidir. Örtaga nafaqat Kiyevning Ukraina ikkinçi yirik şahri ustidan nazoratini davom ettirişi, balki Ğarbning Ukrainani Rossiyadan himoya qilişda qöllab-quvvatlaşga bölgan qat’iyati ham tikilgan, deb yozadi kuni gazeta.













