“Magic City” kinoteatrida tanişiga şilqimlik qilgan yigit ma’muriy qamoq jazosiga tortildi. Uning huquqbuzarligi jinoyat işlari böyiça Çilonzor tuman sudida körib çiqildi.
Sud hujjatida keltirilişiça, 2024 yilning 10 may kuni “Magic City” kinoteatri xavfsizlik bölimi boşliği Çilonzor tumani IIO FMBga murojaat qilgan. U murojaatida “Jannat onalar oyoği ostida” filmi namoyişi vaqtida U.M. yon örindiqda ötirgan M.J.ga jamoat joyida böla turib har xil şahvoniy harakatlar qilganini bildirib, ularga qonuniy çora körişni söragan.
Sud majlisida söralgan yigit aybiga iqrorligini, öşa kuni kelajakda turmuş qurmoqçi bölgan qizi M.J. bilan kinoteatrga tuşganini, uni soğingani tufayli ehtirosga berilib ketganligini ma’lum qilgan. Qiz unga “jamoat joyidamiz, bu işimiz töğri emas” degan, ammo yigit şunga qaramasdan unga tegingan.
M.J. esa sudda U.M. unga şilqimlik qilib, öpib tanasiga teginganini, u teginmasligini aytib qarşilik körsatganini, kelajakda turmuş qurmoqçi bölganligi uçun ariza bilan murojaat qilmaganini aytgan.
2000 yilda tuğilgan M.J.ga nisbatan suriştiruv organi tomonidan Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 183-moddasi (mayda bezorilik) bilan ma’muriy bayonnoma rasmiylaştirilgan. Biroq sud qizning harakatida huquqbuzarlik alomati mavjud emas, deb topgan va işni tugatgan.
1999 yilda tuğilgan U.M. esa Ma’muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksning 41−1-moddasida nazarda tutilgan (şahvoniy şilqimlik) huquqbuzarlikni sodir qilgan deb topilgan. Unga nisbatan 5 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.











