Moskvada Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining kadrlar bölimi boşliği, general-leytenant Yuriy Kuznetsov avvalroq qamalgan katta miqdordagi pora işi böyiça ikkinçi ayblanuvçi hibsga olindi. Rossiyaning «Interfaks» agentligi 14 may, seşanba kuni xabar berişiça, Basmanniy sudi yakka tartibdagi tadbirkor Lev Martirosyanni hibsga olişga ruxsat bergan.
Mavjud ma’lumotlarga köra, tergov 52 yoşli Martirosyanni Rossiya Federatsiyasi Jinoyat kodeksining 291-moddasi 5-qismida ayblamoqda (katta miqdorda pora beriş). Sud 1 oy 28 kun muddatga, ya’ni 2024 yil 12 iyulga qadar qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasini tanladi, deya aniqlik kiritdi naşr.
Rossiya Mudofaa vazirligi kadrlar bölimi boşliği poraxörlik uçun hibsga olindi
55-yoşli general-leytenant Yuriy Kuznetsov 13 may kuni uşlangan. Avvalroq «VÇK-OGPU» telegram-kanali Yuriy Kuznetsov «uyda uşlangani», kelgan xavfsizlik kuçlari esa «qasddan qattiq harakat qilişgani» va «boş harbiy kadrçining Istra rayonidagi uyida lomlar bilan darvoza va derazalarni sindirib taşlaşgani» haqida xabar tarqatgandi.
TASS agentligining huquq-tartibot organlaridagi manbasi ma’lum qilişiça, Kuznetsovni «generalga qarşi körsatma bergan iş doirasidagi ikkinçi figurantni söroq qilişdan keyin» uşlaşgan. JK 290-modda, 6-qismi böyiça Kuznetsovga 8 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tahdid qilmoqda.
Oliy harbiy rahbariyatda özgarişlar
12 may kuni Vladimir Putin Sergey Şoyguni mudofaa vaziri lavozimidan iste’foga çiqarib, uni RF Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimiga tayinladi. Şoygu vazirlikni qariyb 12 yil mobaynida — 2012 yil noyabridan 2024 yil mayiga qadar boşqargandi. Harbiy idora rahbarligi uçun esa boş vazirning iqtisodiy masalalar böyiça sobiq örinbosari Andrey Belousovning nomzodi ilgari surilgan.
Rossiya mudofaa vaziri sobiq örinbosarining hibsga olinişi
Avvalroq, 24 aprel kuni Moskvadagi Basmanniy sudi bir kun avval qölga olingan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni öta yirik miqdorda pora olganlikda ayblab, 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jönatdi. Xuddi şu kuni Ivanov lavozimidan çetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoşlarining köçmas mulki, aktivlari va bank hisobraqamlarini xatlovga oldi.










