Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligining kadrlar boş boşqarmasi boşliği, general-leytenant Yuriy Kuznetsov 13 may, duşanba kuni qölga olindi. U jinoiy huquqbuzarlik sodir etganlikda gumon qilinmoqda, deya xabar bermoqda TASS davlat agentligi huquq-tartibot idoralariga tayanib. 

Avvalroq Rossiyaning hukumatga yaqin Telegram-kanallari Kuznetsovning qölga olingani haqida xabar bergan edi. Şunday qilib, «VÇK-OGPU» kanalining ta’kidlaşiça, Yuriy Kuznetsov «uyda uşlangan», kelgan xavfsizlik kuçlari esa «qasddan qattiq harakat qilişgan» va «boş harbiy kadrçining Istra tumanidagi uyida lomlar bilan darvoza va derazalarni sindirib taşlaşgan». Keyinçalik, Yuriy Kuznetsovning töliq familiyasiga tegişli iş materiallari Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudining veb-saytida paydo böldi - Baza Telegram-kanali bunga e’tibor qaratdi. 

Kuznetsovning aynan nimada ayblanayotganini sud veb-saytidagi xabardan bilişning imkoni yöq, ammo ehtiyot çorasini tanlaş böyiça sud majlisi öşa kuni bölib ötgani ma’lum. Sud qölga olingan şaxsga nisbatan qanday ehtiyot çorasi qöllagani ham noma’lum, biroq TASS agentligiga köra, Rossiya Federatsiyasi Tergov qömitasining Boş harbiy tergov boşqarmasi Kuznetsov işi böyiça tergov olib bormoqda va tergovçi gumonlanuvçini qamoqqa olişni söragan. 

Yuriy Kuznetsov kim? 

General-leytenant Yuriy Kuznetsov 55 yoşda, 2023 yilning may oyida u Rossiya Mudofaa vazirligining kadrlar böyiça boş ofitseri etib tayinlandi, u ilgari Rossiya Qurolli kuçlari Boş ştabining sakkizinçi boşqarmasini boşqargan, bu idora Rossiya Qurolli kuçlarining Davlat sirlarini himoya qiliş xizmati markaziy organi hisoblanadi. Hukumatga yaqin «Rybar» Telegram-kanalining ta’kidlaşiça, Kuznetsov tergov organlari e’tiborini «kadrlar masalalari tufayli» emas, balki eski işi bilan boğliq faoliyati sabab tortgan. 

Yangi mudofaa vazirining tayinlanişi 

12 may kuni Rossiyaning yangi hukumatida Vladimir Putin mudofaa vaziri lavozimiga Sergey Şoygu örniga sobiq boş vazir örinbosari Andrey Belousovni tayinlaşni taklif qilgani ma’lum böldi. Şu bilan birga, Şoygu Putinning farmoni bilan Rossiya Federatsiyasi Xavfsizlik kengaşi kotibi lavozimiga tayinlandi. 

Mudofaa vaziri sobiq örinbosarining hibsga olinişi 

Avvalroq, 24 aprel kuni Moskvadagi Basmanniy sudi bir kun avval qölga olingan Rossiya Federatsiyasi mudofaa vaziri örinbosari Timur Ivanovni öta yirik miqdorda pora olganlikda ayblab, 23 iyunga qadar tergov izolyatoriga jönatdi. Xuddi şu kuni Ivanov lavozimidan çetlatildi. Bir kundan keyin sud Ivanov va uning qarindoşlarining köçmas mulki, aktivlari va bank hisobraqamlarini xatlovga oldi. Ivanov bilan birga uning şerigi deb taxmin qilingan Sergey Borodin, şuningdek, «Olimpsitistroy» kompaniyasi asosçisi Aleksandr Fomin qamaldi.