RF mudofaa vazirligining Kadrlar boş boşqarmasi boşliği, general-leytenant Yuriy Kuznetsov öta yirik miqdorda pora olişda gumonlanib uşlangan, deb xabar bermoqda Tergov qömitasi.

Ayblov uşbu harbiy RF qurolli kuçlari Boş ştabining 8-boşqarmasini (bu idora Rossiya qurolli kuçlarining Davlat sirlarini himoya qiliş xizmati markaziy organi hisoblanadi) boşqargan 2010-2023 yillarga aloqador. 55 yoşli general Kadrlar boş boşqarmasiga 2023 yil mayida boşliq bölgandi. Tergov ma’lumotlariga köra, Kuznetsov «tijoriy tuzilmalar vakillaridan ularning foydasiga muayyan harakatlar amalga oşirgani evaziga pora olgan». Jinoiy iş böyiça hozirça boşqa tafsilotlar ma’lum emas.

Generalning yaşaş joyida tintuv ötkazilgan — unikidan rubl va xorijiy valutadagi jami 100 million rubldan ortiq naqd pul vositalari, oltin tangalar, kolleksiya qilingan soatlar va qimmatbaho buyumlar musodara qilingan, deyiladi Tergov qömitasi xabarida.

Avvalroq «VÇK-OGPU» telegram-kanali Yuriy Kuznetsov «uyda uşlangani», kelgan xavfsizlik kuçlari esa «qasddan qattiq harakat qilişgani» va «boş harbiy kadrçining Istra rayonidagi uyida lomlar bilan darvoza va derazalarni sindirib taşlaşgani» haqida xabar tarqatgandi.

TASS agentligining huquq-tartibot organlaridagi manbasi ma’lum qilişiça, Kuznetsovni «generalga qarşi körsatma bergan iş doirasidagi ikkinçi figurantni söroq qilişdan keyin» uşlaşgan. JK 290-modda, 6-qismi böyiça Kuznetsovga 8 yildan 15 yilgaça ozodlikdan mahrum etiş jazosi tahdid qilmoqda.

Yuriy Kuznetsov qölga olinişi haqida 13 may kuni keçqurun hukumat ta’siridagi telegram-kanallar hamda OAVning huquq-tartibot organlaridagi manbalari xabar bergandi. Jurnalistlar sud saytida mudofaa vazirligi kadrlar boşqarmasi boşliği Yuriy Vasileviç Kuznetsovning ismi-familiyasiga mos keladigan kartoçkani uçratişgan. 13 may kuni Moskvadagi 235-garnizon harbiy sudida gumonlanuvçiga nisbatan qamoqqa oliş tarzidagi ehtiyot çorasi qöllaş böyiça majlis ötkazilgan. «Kommersant» naşrining tergov organiga yaqin manbasi sud generalni öta yirik miqdorda pora oliş ayblovi böyiça hibsga olganini ma’lum qilgan.

Bu sönggi vaqtlarda RF mudofaa vazirligi rahbariyatiga qarşi ikkinçi şov-şuvli jinoiy iş bölmoqda. 2024 yil aprel oyi oxirida Moskvada RF mudofaa vaziri örinbosari, harbiy-sanoat kompleksiga mas’ul bölgan Timur Ivanov qölga olingandi. Uşbu generalga ham öta yirik miqdorda — bir milliard rubldan ortiq pora oliş böyiça ayblov e’lon qilingan. OAV uning işida davlatga xiyonat böyiça epizod ham borligini xabar qilgan, ammo Ivanovning advokati bu ma’lumotni rad etgan.