Mamlakatimiz poytaxti Toşkent şahrining markazida joylaşgan Toşkent xalqaro universiteti öz talabalariga zamonaviy va innovatsion texnologiyalarga asoslangan, xalqaro ta’lim standartlariga mos keluvçi öquv dasturlar orqali ta’lim berib, ularni nafaqat mamalakatimizning, balki dunyoning turli jabhalari talablariga javob beradigan raqobatdoş va malakali mutaxassis kadrlar tayyorlaşni öz oldiga maqsad qilib qöygan.

Universitet kunduzgi, masofaviy-sirtqi ta’lim şakllari hamda magistratura mutaxassisliklari böyiça malakali kadrlar tayyorlaydi. Ta’lim beriş jarayonlari HEMIS axborot tizimi asosida va kredit-modul tizimi orqali amalga oşirilib, universitet bitiruvçilariga Özbekiston Respublikasida oliy ma’lumot töğrisidagi hujjat sifatida e’tirof etiladigan, belgilangan namunadagi diplom beriladi.

Toşkent xalqaro universiteti dunyoning köplab nufuzli universitetlari, şu jumladan AQŞ, Yevropa, Turkiya, Janubiy Koreya universitetlari bilan hamkorlik aloqalarini yölga qöyiş, talabalarga ikki diplomga ega böliş böyiça, talabalar almaşinuv va 1+3, 2+2, 3+1 dasturlarida ta’lim oliş hamda xalqaro tajriba orttiriş imkoniyatlarini yaratuvçi qator işlarni amalga oşirmoqda. Şuni alohida ta’kidlaş joizki, “Toşkent xalqaro universiteti” dunyoning kuçli 500 taligidan örin olgan oliy ta’lim muassasalari bilan xalqaro hamkorlik memorandumlarini imzolagan. 

Toşkent xalqaro universiteti rektori Dr. Jun Yong Vuk Massaçusets texnologiyalar institutida (MIT) doktorlik unvonini olgan, hozirgi kunda Seul milliy universiteti professori hisoblanadi. U Janubiy Koreyaning nufuzli oliy ta’lim muassasalarida rahbar lavozimlarida faoliyat olib borgan.