Prezident Şavkat Mirziyoyev rafiqasi hamrohligida amaliy taşrif bilan Anqaraga bordi va Turkiyadagi vatandoşlar bilan uçraşdi.

Davlat rahbari yurtdoşlar bilan suhbatlaşib, ularning hayoti, öqişi va kelajak rejalari bilan qiziqdi.

– Yana bir bor vatandoşlarimni körib turganimdan xursandman. Qayerda bölmanglar, bir daqiqa ham vaqtingizni behuda ötkazmanglar. Doimo ilmga, bilim olişga, örganişga intilinglar. Bu jonajon Vatanimiz, buyuk Özbekistonimiz kelajagiga qöşadigan hissangiz böladi, – dedi prezident.

Prezident matbuot xizmatiga köra, muloqotda yoşlarga qaratilayotgan eʼtibor mamlakatning uzoq istiqboli bilan boğliq ekani taʼkidlandi. Davlat rahbari uluğ ajdodlarning ilmiy merosi va qadriyatlari tiklanayotganiga töxtalib, vatandoşlarimiz Yangi Özbekiston taraqqiyotiga kömakdoş bölişiga işonç bildirgan.

– Men vatandoşlarimizni doimo soğinib, eslab yuraman. Sizlarning yaxşi yaşaşingiz, Vatanga qaytib, uning ravnaqiga munosib hissa qöşa olişingiz uçun Özbekistonda barça şaroitlarni yaratişga harakat qilyapmiz. Ilm oliş, bilim egallaş, uy-joyli böliş uçun imkoniyatlarni kengaytiryapmiz, – degan prezident Şavkat Mirziyoyev va vatandoşlarimizga muvaffaqiyatlar tilagan.